"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida malaka sinovi imtihonlari o‘tkazildi
2022-2023 o‘quv yili Xadichai Kubro ayol-qizlar O‘MITM 3 kurs bitiruvchilari uchun malaka talablari bo‘yicha imtihon sinovlari 13 va 15 iyun kunlari O‘zbekiston tarixi, Milliy g‘oya, O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi, Arab tili, Aqoid, Fiqh fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.
Davlat attestatsiya komissiyasi raisi Nozima Ibragimova, rais o‘rinbosari M.Vahidovalar mazkur jarayon shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta‘minladilar.
Davlat attestatsiya komissiyasi a‘zosi sifatida ta‘lim muassasasi ustozlaridan tashqari Xalqaro Islom Akademiyasi o‘qituvchisi N.Hakimova hamda Toshkent Islom instituti o‘qituvchisi N.Usmonovalar ham Davlat attestatsiya komissiyasi a'zosi sifatida imtihon jarayonlarida qatnashdilar.
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati