"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Qabul - 2023" jarayonlari boshlandi
Avvalroq xabar berganimizdek, bugun 20-iyul kuni “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida “Qabul - 2023” jarayonlari boshlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasidan mazkur jarayonga tayyorgarlik qay tarzda amalga oshirilganligi hamda “Qabul - 2023” jarayonlarini munosib tashkillashtirish uchun ta'sis etilgan “Qabul - 2023 Nizomi” asosida amalga oshirilgan ijrolar yuzasidan bir guruh soha mutaxassislari: Din ishlar bo'yicha qo‘mita xodimi Alimqulov Elyor hamda O'zbekiston Musulmonlar idorasi soha mutaxassisi Xo‘jayev Muhammad Yahyolar tashrifi amalga oshirildi.
Eslatib o'tamiz abituriyentlar Qabul hay'atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ta'lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
- pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko'rsatiladi);
- maʼlumoti toʻgʻrisida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
-3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so'nggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bo'lishi talab etiladi);
- chet tili bilishi to'g'risidagi sertifikat (ma'lumoti to'g'risidagi hujjatda ko'rsatilgan chet tilidan boshqa chet bo'yicha imtihon topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.
Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan so'ng hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish qat'iyan man etiladi. Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, abituriyent test sinovlaridan chetlashtiriladi hamda hujjatlari o'rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati