Xushxabar. "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi Click hamda PayMe kompaniyasi bilan hamkorlik o'rnatdi
Endilikda "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabalarga hamda madsara faoliyatiga moddiy yordam berishni uydan chiqmasdan qo'l telefoningiz orqali amalga oshirishingiz mumkin.
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi Click hamda Payme kompaniyasi bilan hamkorlikda "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi uchun xayriya to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish imkonini taqdim qiladi.Ushbu to‘lovlar tizim foydalanuvchilari tomonidan istalgan paytda va istalgan joydan turib amalga oshirilishi mumkin.
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi Payme foydalanuvchilariga , to‘lovlar tizimda 2 kategoriyaga ajratilgan:
1. Hayriya
2. Zakot
Ushbu kategoriyalar bo‘yicha qabul qilingan pul mablag‘lar "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi maxsus hisob-raqamlariga 2 kategoriya bo‘yicha alohida-alohida joylashtiriladi.
To‘lovlar istalgan paytda mobil telefondan turli interfeyslar orqali amalga oshirilishi mumkin: USSD, “CLICK Uzbekistan” mobil ilovasi yoki Telegram mesenjeri orqali.
1. USSD orqali to‘lash uchun *880*1100# so‘rovi terilishi va yuzaga kelgan menyuda kerakli kategoriya tanlanishi lozim. Shu bilan birga to‘lov bosh USSD-menyudagi (*880#) «To’lov» bo‘limida “Xayriya” punkti orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
2. “CLICK Uzbekistan” mobil ilovasi orqali to‘lash uchun “Oplata na mestax” (“Joylarda to‘lovlar”) bo‘limida “Xayriya” punktini tanlash kerak.
3. @clickuz Telegram-botida ushbu to‘lovlar “To‘lovlar” bo‘limidagi “Xayr-ehson” punktida joriy qilingan.
Qayd etish kerak,"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar , ta’lim muassasasi o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, hamda ta'lim dargohini moddiy texnik bazasini ta'minlash, Axborot resurs markazi (kutubxona) fondini boyitish uchun sarflanadi.