27.06.2023
163

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida taqdirlov

Joriy yilning 27 iyun kuni “27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi matbuot xizmatida mehnat qilayotgan va xadicha.uz sayti, media rivoji uchun o’zining iqtidori, malakasi va ijodi bilan ko’pdan hissa qo’shib kelayotgani uchun bir nechta matbuot xodimlari xususan, A.Maxkamov M.Saidjalolova, S.Saidxanbalovalar faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. 
 

 


Tadbir avvalida ta'lim muassasasi direktori Nozima Ibragimova bugungi globallashuv jarayonida media tizimining naqadar o'rinli ekanligi, ta‘lim muassasasida media rivojlanishi uchun bosqichma-bosqich ishlar amalga oshiralayotganligi haqida so'z yuritdilar. 


Tadbir so'ngida esa ta'lim muassasasi matbuot rivojlanishi uchun hissa qo'shayotgan ustoz va talabalar ham alohida e'tirof etildi, kelgusida matbuot xizmati rivojlanishi uchun amalga oshiriladigan vazifalar, rejalar belgilandi.
 

 


Ma‘lumot o‘rnida bugungi kunga kelib "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi ijtimoiy tarmoqlarida 10 mingdan ziyod kuzatuvchilari mavjud bo‘lib avvalgi yil ko‘rsatkichlariga nisbatan kuzatuvchilar soni joriy yil 2.5 barobarga oshgan. Bundan tashqari talaba va ustozlar tomonidan Islom dinining sof mafkurasi, Islom tarixi, Islom diniga yot bo'lgan g'oyalarga qarshi raddiyalar  ilmiy  maqolalar, audio ma'ruzalar, ijtimoiy loyihalar ko‘rinishida tizimli ravishda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilmoqda.

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati 

 

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 76
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 63
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 65
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry