“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro ayollar Forumida "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi rahbari Nozima Ibrohimova ishtirok etmoqdalar
Ayni daqiqalarda Toshkent Tiriliant mehmonhonasi konferensiyalar zalida “ O‘zbekistonda taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusida 2023 yil 3-7 iyul kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro ayollar Forumi bo‘lib o'tmoqda.
Tadbirda “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi rahbari Nozima Ibrohimova Komiljonovna ham ishtirok etmoqdalar
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Eron Islom Respublikasi Xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ensiye Hazaliy xonim, Islom hamkorlik tashkilotiga aloqador ayollarni rivojlantirish Tashkilotining ijrochi direktori Afnan Al-Shuybi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi Malika Qodirxonova, Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiva hamda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirok etmoqdalar.
Mazkur forum kirish qismida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Xalqaro forum doirasida xalqaro va milliy ekspertlar xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini hamda gender tengligini ta’minlash, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki to‘g‘risida, shuningdek innovatsiya, ta’lim olishdagi imkoniyatlarini kengaytirish kabi mavzularni yoritadi.
Shu bilan bir qatorda, Forumda oilalarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish va ularni hal etish, xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlari hamda tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilinmoqda.
Tadbirining asosiy qismida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi Malika Qodirxonova O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki xususida ma’ruza qilib, oʻz takliflarini bildirdi.
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati