"Saylov - 2023" jarayonlari yakunlandi
Bugun 2023-yil 9-iyul kuni O'zbekiston Respublikasida muddatidan avval Prezidentlik saylovi bo'lib o'tdi. Mazkur jarayonda O'zbekiston aholisi faol ishtirok etdi. Bu jarayonda xalqaro kuzatuvchilar ham qatnashib, saylov jarayonlarini olqishladi.
O'zbekisto tarixidagi muhim siyosiy jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga Toshkent shahridagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Toshkent shahridagi 576-saylov uchastkasiga nabirasi bilan keldi hamda prezident saylovida ovoz berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vatanimiz kelajagi uchun ovoz jarayonida diniy soha xodimlari, xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yurtimiz tarixidagi muhim voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashib, eng munosib nomzodga ovoz berdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning har bir hududda joylashgan vakilliklari xodimlari, imom-xatiblar boshchiligidagi masjidlar jamoasi, otinoyilar, diniy ta’lim muassasalari mudarris va talaba-yoshlari o‘zlarining oila a’zolari bilan birga faol ishtirok etishdi.
Makkai mukarrama. “Roshidiya” mehmonxonasi.
Ayni kunlarda Saudiya Arabistonida haj safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari erta tongdan mehmonxona foyesida tashkil etilgan saylov uchastkasiga kela boshladi. Ular yurtimiz tarixidagi muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashib, eng munosib nomzodga ovoz bera boshladilar.
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi o‘qituvchi, xodima hamda talabalari saylov jarayonlarida faol ishtirok etishdi.
Xususan, “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi rahbari Nozima Ibragimova ham o'z saylov uchastkalrida Vatanimiz kelajagi uchun munosib ovoz berdilar
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi xodimlari ham muhim siyosiy jarayonda o'zlarining munosi nomzodlariga ovoz berishdi
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi talabalari ham Respublikamiz bo'ylab tashkil etilgan o'z saylov uchastkalariga borib mazkur jarayonda faol ishtirok etishdi
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati