22.07.2023
228

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Qabul-2023" jarayonlari yakunlandi

 

 



"Qabul-2023"  jarayonlari ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilgan holatda 20-iyundan 20-iyulga qadar davom etdi. Barcha yillar kabi mazkur o‘quv yilida ham “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi o‘qish niyatida bo‘lgan talabgorlar anchaginani tashkil etdi. 
 


Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilishdan oldin ma'naviy-ma'rifiy bilimlari, diniy sohaga boʻlgan qiziqishi, qobiliyatini oʻrganish maqsadida Qabul hay'ati tomonidan dastlabki suhbat o'tkazildi. Suhbatdan ijobiy o'tgan
abituriyentarning hujjatlari qabul qilindi. Suhbat Qabul hay'ati tarkibida tuzilgan suhbat hay'ati tomonidan o'tkazildi.

 

 


Qabulning 1-haftaligida jami 433 ta ariza qabul qilingan bo‘lib, bularning barchasi o‘tgan yillar davomida o‘rta maxsus ta‘lim muassasalarini bitirgan abituriyentlar hisoblanadi.

 

 


Qabulning 2-haftaligi hisobotlariga ko‘ra esa jami 734 ta ariza qabul qilinib, arizalarning 60 % ga yaqini Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi abituriyentlardan kelib tushdi. 

 



Qabulning 3-haftaligida jami 965 ta ariza qabul qilinib, mazkur haftaligda arizalarning asosiy qismini 2022-2023 o'quv yilida o‘rta maxsus ta‘lim muassasalarini tamomlagan abituriyentlar tashkil etdi. 
 



Qabul jarayonlarining so‘nggi haftasida umumiy hisobda 1437 ta ariza qabul qilindi.  Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 190 ta ko‘p ariza ekanligini ko'rsatadi.   Qabul-2023 jarayonlari davomida eng yoshi katta abituriyent 55 yosh hisoblanib, bundan tashqari 100 dan ortiq bakalavr va magistr darajasiga ega abituriyentlarning ham hujjatlari qabul qilindi. 
 

Hududlar bo'yicha eng ko'p kelib tushgan arizalar quyidagilar:

1. Toshkent shahri 384 ta

2. Farg'ona viloyati 214 ta

3. Toshkent viloyati 195 ta

4. Andijon viloyati 172 ta

 

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati tomonidan "Qabul-2023" jarayonlari   Instagram, Telegram, Facebook hamda Youtube ijtimoiy tarmoqlaridagi ta‘lim muassasasi kanallari orqali to‘liq yoritib borildi. Call markaz  hamda ijtimoiy  tarmoqlar orqali "Qabul-2023" jarayonlari yuzasidan kelib tushgan savollarga javob berib borildi. #Qabul_2023 nomi ostida xadicha.uz  Telegram ijtimoiy tarmog'iga  jami 45 ta post joylanib, shulardan 2 tasi videorolik, 38 ta infografika, 3 ta maqola hisoblanadi. 

Chekka hududlardan kelgan abituriyentlar uchun hujjatlarni elektron shakllarini yuklab olishda  amaliy hamda nazariy yordamlar berib borildi. 

Eslatib o‘tamiz, test sinovlarini o'tkazish sanasi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan kelishilgan holda O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan belgilanadi. 

 



Abituriyentlar quyidagi fanlar bo'yicha qabul imtihonlarini topshiradilar:

Xorijiy til (test sinovi)

30 X 3,1-93 ball

Tarix (test sinovi)

30 X 2,1 -63 ball

Ma'naviyat va ma'rifat (test sinovi) 30 X 1,1-33 ball

Test topshiriqlari umumiy o'rta ta'lim maktablarining umumta'lim fanlar o'quv dasturlari asosida tayyorlanadi. Majmuaning har bir fani 30 ta topshiriqni o'z ichiga oladi. Vaqt me'yori 90 ta savolga-3 soat miqdorida belgilanadi



“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 76
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 63
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 65
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry