"O‘ZBEKISTONDA DAVLAT VA DIN MUNOSABATLARI" va “ “Ekstremizmga qarshi kurashish” to‘g'risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun mohiyati” mavzulari doirasida amaliy mashg’ulot
#Yangi_o‘quv_yili
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat
#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish
#Davlat_va_din_munosabatlari
Joriy yilning 9-sentabr sanasida “Xadichai kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 1 va 2 kurs talabalariga “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi” boshlig’i va EQKMMA fani o’qituvchisi G.Maxamedova boshchiligida "O‘ZBEKISTONDA DAVLAT VA DIN MUNOSABATLARI" va “
“Ekstremizmga qarshi kurashish” to‘g'risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun
mohiyati” mavzulari doirasida amaliy mashg’ulot tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillaridan diniy sohaga o‘zbek xalqining milliy ma'naviyatining ajralmas qismi sifatida alohida e'tibor qaratilgani, O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish, diniy e'tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish, diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta'qib qilishga yo’l qo‘ymaslik kabi bir qator tamoyiilarga asoslangani ta’kidlandi.
Shundan so’ng “VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘GʻRISIDA QONUN” va “EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN”lar haqida amaliy mashg’ulot o’tkazildi.
Mashg’ulot so’ngida qiziqarli savol-javob va o’yinlar tashkil etilib, darsning yanada jo’shqin, sermazmun o’tishi ta’minlandi. Bundan tashqari o’tilgan mavzu borasida talabalarda ko’nikma va malaka hosil qilish maqsadida bir qator ijodiy ishlar berilib, taqdim qilish uchun muddat belgilab berildi.
“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi