"Xususiy tartibda diniy ta’lim berishning oqibatlari: nazariy asoslari va amaliy jihatlari” mavzusida davra suhbati
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat
#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish
#Davlat_va_din_munosabatlari
Joriy yilning 13-sentabr sanasida “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining barcha kurs talabalari bilan "Xususiy tartibda diniy ta’lim berishning oqibatlari: nazariy asoslari va amaliy jihatlari” mavzusi doirasida soha mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda IIQ xodimlari Elmirzayev Farrux Yo’lchiboyevich, Xodjayev Ilyos Rustam o’g’li, Elyor Alimqulov - Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi va Salohiddin Sherxonov - O‘MI bo‘lim boshlig‘i so’zga chiqib, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillaridan diniy sohaga o‘zbek xalqining milliy ma'naviyatining ajralmas qismi sifatida alohida e'tibor qaratilgani, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida diniy tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatish, diniy tashkilot tomonidan faoliyatni o‘zi turgan joydan, shu jumladan ibodat qilinadigan binolardan va diniy tashkilotga tegishli hududlardan tashqarida amalga oshirish, shuningdek diniy ta’lim muassasalaridan tashqarida xususiy tartibda diniy ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangani, qolaversa, 8-moddasida har kim diniy ta’lim muassasalarida professional diniy ta’lim olish huquqiga ega ekanligi, diniy ta’lim muassasalarida o‘qishga fuqarolar qonunchilikka muvofiq umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki professional ta’lim olganidan keyin qabul qilinishlari belgilab qo‘yilgani haqida so’zlashdi.
Ming taassufki, bizning yurtimizdan ham ayrim yoshlar bilib bilmay xususiy ta’lim berayotgani, yosh avlod ichida jinoyatlar sodir bo’layotgani ham aytib o’tildi. Ta’lim muassasasida rasmiy tasdiqlangan dresscod hamda belgilab qo’yilgan ichki intizom, odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish masalasida ko’rsatmalar berildi.
“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi