22.09.2023
102

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida sentyabr oyi - Qur'oni Karim va tajvid fani oyligi munosabati bilan zakovat intellektual bellashuvi tashkil etildi

Joriy yilning 22-sentyabr kuni ta‘lim muassasasida sentyabr oyi - Qur'oni Karim va tajvid fani oyligi munosabati bilan kurslararo zakovat intellektual bellashuvi tashkil etildi.

 Talabalar "Qoriyalar" va "Hofizalar" nomli ikki guruhga ajralib  quyidagi shartlar bo‘yicha o'zaro musobaqalashdilar:
1-shart: Tezkor savol-javob. Ushbu shartda har bir guruhdan bir vakil 20 ta tezkor savolga javob berdilar.
2-shart: "Tuhfatul atfol" matni baytlari bo‘yicha bahrubayt. 
3-shart: "Tuhfatul atfol" matnidan keltirilgan baytlarni sharhlash.
4-shart: Salovat aytish.
 


Umumiy natijalarga ko'ra: Hofizalar guruhi birinchi o'rinni, Qoriyalar guruhi ikkinchi o'rinni qo‘lga kiritdilar. 



Ikkala jamoa ishtirokchilari  ham esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
 


Shuningdek, tadbir so'nggida yil davomida mus'hafga qarab va yoddan eng ko‘p xatm qilgan talabalar taqdirlandilar. Unga ko‘ra yoddan eng ko‘p xatm qilgan 2-kurs talabasi Abdullayeva Zilola, mus'hafga qarab eng ko‘p xatm qilgan 3-kurs talabasi Burxonova Umriniso faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 


Tadbir xatmi Qur‘on duosi bilan yakunlandi.

Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi 

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 69
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 56
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 61
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry