30.09.2023
72

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining ustoz murabbiylarga bayram bayram tabrigi!

 

 

Аssalomu alaykum, hurmatli diniy taʼlim muassasalari rahbarlari, fidoyi mudarrislar hamda jonkuyar murabbiylar!

Аlloh taologa behisob shukrki, soʼnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohang ravishda, diniy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, pedagog-oʼqituvchilarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, taʼlim-tarbiya samaradorligini oshirish va bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash yuzasidan yaxshi natijalarga erishildi.

Kelgusida ustoz va talabalarimiz uchun munosib shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, zamonavyy oʼquv binolari va darsliklar bilan taʼminlash hamda ilgʼor pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, muxtasar aytganda, yetuk kadrlar yetishtirish borasida istiqbolli rejalarimiz bor, albatta.

Manbalardan maʼlumki, insonning dunyo va oxirati obod boʼlishi ilm olishi va unga amal qilishi bilan bogʼliq. Qurʼoni karimning koʼp oyatlari va Paygʼambarimiz alayhissalomning qator hadislarida ushbu maʼnolar bayon etilgan. Bashariyat ilm bilangina Аllohni taniydi, haqiqiy saodatni qoʼlga kiritadi, uning sharofati bilan yuksaladi. Ilm esa ustozning saʼy-harakati, tinimsiz mehnati, gʼayrati va matonati bilan egallanadi. Fidoyi, zahmatkash ustozlar oʼz shogirdlariga bilim berish barobarida ularga eng goʼzal ezgu xislatlarni, mehr-oqibat va odamiylik tuygʼularini singdirib boradi.

Kelajak poydevori boʼlgan yoshlarimizga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan ulugʼ insonlarni har vaqt eʼzozlashimiz lozim. Zero, kelajak avlodni barkamol va yetuk maʼrifatli boʼlib yetishishida ularning xizmati kattadir. Oʼzbekiston bugungi dunyo hamjamiyatida munosib oʼrnini egallab, taʼlim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda tenglar ichra teng ovoz bilan xalqaro maydonda oʼz mavqeiga ega boʼlishida ustoz va murabbiylarning oʼrni beqiyos. Shu munosabat bilan yurtimizda har yili 1 oktyabrь kuni “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” deb belgilanib, joriy “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yilida ushbu moʼʼtabar zotlarga alohida hurmat-izzat koʼrsatilmoqda.

Zero, ilm va uni talab qilishning fazilati naqadar ulugʼ boʼlsa, ilm oʼrgatish, yaʼni, ustozlik qilishning fazilati undanda buyukdir. Аlloh taolo ilm qadrini baland qildi va uning orqasidan ilm ato etilgan insonlarning ham qadrini yuksak qilib qoʼyganini Qurʼoni karimda bayon etganidan barchangizning xabaringiz bor.

Soʼzimning nihoyasida, diniy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan barcha oʼqituvchi va murabbiylarni umumxalq bayrami sifatida nishonlanayotgan shodiyonalari bilan chin yurakdan tabriklayman, ularga sihat-salomatlik, uzoq umr, sharafli va mashaqqatli faoliyatlarida kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilayman!

Ehtirom ila,

Oʼzbekiston musulmonlari idorasi raisi

muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 74
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 61
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 64
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry