01.10.2023
99

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida  "Ilmu irfon ummonisiz, aziz ustozlar" nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30-sentyabr kuni ta‘lim muassasasida "Ilmu irfon ummonisiz aziz ustozlar" nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

 Tadbir bayramona va o‘zgacha shukuhda boshlandi. Kunning avvalgi qismida talabalar ustozlarni  tantanali tarzda kutib oldilar. So‘ngra tadbir Ilmu ma‘rifat yo‘lida jonlarini fido qilgan jadidchilar hayotini yoritish bilan boshlanib,  ustozlarga bag‘ishlangan tabriklar, salovat va manologlar bilan davom etdi. 

 

Tadbirga madrasada uzoq yillar xizmat qilgan faxriy ustozlar tashrif buyurdilar. Xususan,  Odinaxon Muhammad Sodiq ustoz, Vaxobova Muxlisa ustoz, Qurbonova Gulobod ustozalar tadbir mehmoni bo‘ldilar. 

 

Tadbir davomida muftiy hazratlarining diniy ta‘lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan diniy soha ustoz-xodimlariga yo'llagan tabriklari o‘qib eshittirilgandan so‘ng madrasada uzoq yillardan buyon fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir necha ustoz-xodimlar O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yuborilgan faxriy yorliq bilan taqdirlandilar. 

 


O'quv-uslubiy malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Vaxidova Muattar ustoz,  

 


O'quv-uslubiy malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi  uslubchisi Usmonova Xurshida ustoz 

 Hadis fani o‘qituvchisi Maxmudova Dildora ustoz

 shular jumlasidandir. 

  Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib,  talabalar tomonidan  madrasada faoliyat yuritgan va hozirda faoliyat yuritib turgan ustozlar haqiga qilgan xatmu Qur'on duolari bilan yakunlandi. 

 



"Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi"

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 74
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 61
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 64
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry