06.10.2023
236

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga 200ga yaqin badiiy kitoblar keltirildi



Joriy yilning 6-oktyabr kuni ta‘lim muassasasi Axborot Resurs Markazi fondiga "Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat-ma‘rifat bo‘limi" xodimlari tashabbusi bilan  homiylar jalb qilingan holda 200 ga yaqin badiiy kitoblar keltirildi. Badiiy kitoblar tarkibini tarixiy, fantastik, ilmiy va hajviy mavzudagi asarlar tashkil etadi. 

 

 



Talaba qizlar kunning dastlabki qismida kitoblar bilan tanishib chiqdilar...

 

 


Ma‘lumot o‘rnida kitob o‘qishning biz bilgan va bilmagan 10 ta foydasini keltirib o‘tamiz:

1.O‘qish yangi va noyob fikrlar tug‘ilishiga yordam beradi. Mutolaa bizni fikrlashga chorlaydi. Ba’zan, orzularimiz ham biz o‘qigan, xursand qilgan kitob bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, mutolaa bizning dunyoqarashimizni boyitadi. Inson o‘qish orqali yangi fikrlar va yorqin g‘oyalar oladi. Inson o‘zi bilmagan holda ilhomlanib o‘qishi, yangi va o‘zgacha fikrlar yuzaga kelishiga turtki beradi.

2. O‘qish inson fikrini jamlaydi va diqqat markazini oshiradi. Mutolaa jarayonida, o‘qigan hikoya va asarga butun diqqat-e’tibor qaratiladi. Inson boshqa ishlardan ko‘ra kitobga ko‘proq diqqat qiladi. Inson miyasi bir vaqtning o‘zida turli faoliyatlar bilan shug‘ullana olmaydi. Shu sababli ko‘p o‘qigan odamning diqqatini bir joyga to‘plash ancha oson kechadi.

3. O‘qish tasavvurni oshiradi. Biz o‘zimizga notanish bo‘lgan joylar haqida o‘qiganimizda, idrokimiz tasavvurlarimiz ishga tushib tasvirlarni miyamizda yarata boshlaydi va shu orqali xotiramizda tasvirlar saqlanib boradi. Binobarin, idrokimizning tasavvur qilishi va yaratuvchanligi kitob o‘qish orqali mustahkamlanib boradi.

4. O‘qish chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi. Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi. Xorijiy tilni o‘rganayotgan kishi o‘sha tilning adabiyotlarini muntazam o‘qishi orqali o‘sha tilni qisqa fursatda o‘zlashtirishi mumkinligi olimlar tomonidan isbotlangan.

5. Birgalikda kitob o‘qish ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilaydi. Inson o‘z farzandini kitob mutolaasiga o‘rgatar ekan, avvalo o‘zi ham bu ishda o‘rnak bo‘lishi kerak. Psixologlar birgalikda kitob o‘qish jarayonida ota-onalar va bolalar o‘rtasida o‘ziga xos munosabat o‘rnatiladi deb hisoblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor ko‘rganda aslo paydo bo‘lmasligini ta’kidlashmoqda.

6. O‘qish sizni zukkolikka yetaklaydi. Kitoblar manbalar va yangi bilimlarning haqiqiy xazinasidir. Shuningdek, ular hozirgi paytdagi turli xildagi o‘quv kurslari ta’limidan ancha arzon hisoblanadi. Qanchalik ko‘p kitob o‘qigani sari insonning zukkoligi va teran fikrlash qobiliyati shunchalik oshib boradi. Shu bilan birga, inson turli mavzularda qanchalik ko‘p kitob o‘qisa, o‘z bilimini oshirishi bilan bir qatorda, o‘zaro muloqot qilish san’atini ham yaxshi egallaydi.

7. O‘qish miya faoliyatini mustahkamlaydi. Inson odatda o‘qigan kitobi to‘g‘risida o‘ylashi uchun vaqti ko‘p bo‘ladi. Emori universiteti olimlari kitob o‘qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo‘lishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob o‘qish miyadagi asab tolalarini mustahakamlashini ta’kidlashmoqda.

8. O‘qish til mahoratimizni yaxshilaydi. Xorijiy tilda biror adabiyotni o‘qish dastlab katta harakat talab etadi, lekin bu bizning so‘z boyligimiz oshishiga xizmat qiladi. Boshqa tilni tushunishda ba’zan uning turli qismlarini tarjima qilishga ehtiyoj seziladi va ular lug‘atdan qidiriladi. Kitob o‘qish nafaqat so‘z boyligini balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi. Qaysi tilda o‘qishdan qat’iy nazar, mutolaa orqali gapning konteksti qay tarzda yasalishini o‘rganish mumkin bo‘ladi.

9. O‘qish stressni kamaytiradi. Inson kitob mutolaa qilar ekan, o‘sha paytda uni hech qanday topshiriq yoki xavotir o‘ylantirmas ekan. Kitob mutolaa qilishda biz ko‘pincha o‘zimizga qulay usulda joylashib olamiz. Tanamiz umuman birorta maxsus harakatni amalga oshirmaydi va dam oladi.

 

Nafas olish sekinlashadi va tinchlanamiz. Biz o‘zimizni dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalar tasviri so‘zlar orqali kitobda aks etganini tasavvur eta boshlaymiz. Bularning barchasiga sabab mutolaa stressni kamaytirishidir.

10. O‘qish bizning so‘z boyligimizni oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotlarga qaraganda, kitob mutolaasi bilan shug‘ullanuvchilarning so‘z boyligi boshqa insonlarga nisbatan yuqori bo‘lishi isbotlangan va shu sababli ular boshqalarga aytishni xohlagan so‘z ifodalarini juda ham osonlik bilan ifodalab beradilar. Qisqa qilib aytganda, qancha ko‘p o‘qisangiz shuncha ko‘p so‘z boyligiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, kitoblar shubhasiz bilimlar xazinasidir.

"Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi"

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 217
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 181
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 178
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry