14.10.2023
89

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida talabalar o‘rtasida Mavlid-2023 munosabati bilan “Siz siyratni bilasizmi?” nomli musobaqa bo'lib o'tdi.


Tadbirda talabalar "Risolat shaydolari", "Siyrat oshiqalari", "Ansoriyalar" nomli 3 guruhga bo'linib quyidagi shartlar aro bellashdilar:
1-Shart. Guruh jamoalari "Nurul yaqiyn" kitobi asosida tuzilgan savollarga jamoaviy kelishgan holda javob berdilar.
2-Shart. Tezkor savol-javob shartida har bir jamoadan guruh sardori chiqib berilgan 10 ta tezkor savollarga javob berdi.
3-Shart. Har bir guruh ishtirokchilari o‘z ijodiy chiqishlarini namoyish etdilar. 
 

 

 


Umumiy ballar e’lon qilinishidan avval faxriy ustoz Gulobod ustoz Qudratulloh so’zga chiqib Rosululloh sollollohu alayhi vasallamga  xolis va go'zal   muhabbat qo’yish haqida so'zladilar hamda  talabalarga o'zlarining qimmatli tavsiyalarini berib o'tdilar. 

 

Tadbir so'nggida barcha jamoalar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.      

 

       Shuningdek,  Xadicha.uz telegram kanalida Robiul avval oyi munosabati bilan o'tkazilgan siyrat musobaqasida faol qatnashib yuqori natijalarni qo'lga kiritgan ayol-qizlar ham qimmatbaho esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. 

 

 Tadbir so'ngida ta'lim muassasasi rahbari Nozima ustoz Ibragimova so'zga chiqib barchani mavlid oyi munosabati bilan muborakbod etdilar hamda uzoq yillardan buyon ta'lim muassasasida siyrat tadbirlarida faollik ko'rsatib kelayotgan Gaipova Joziba ustozni faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirladilar. 

 

Tadbir munshidat guruhidan taklif etilgan mehmonlarning go'zal salovatlari bilan yakunlandi.

 

 

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 74
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 61
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 64
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry