18.10.2023
67

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 3 kurs talabalarining “Politexnika” muzeyiga tashrifi

 

Joriy yilning 16 oktyabr kuni “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 3 kurs talabalari ustoz M.Vaxidova boshchiligida shahrimizdagi “Politexnika” muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talaba qizlar mashinasozlikning rivojlanish tarixi bilan eksponatlar orqali tanishdilar.

Ma’lumki, mustaqillik yillarida yurtimizda mashinasozlik sanoati jadal qadamlar bilan rivojlandi. Har turdagi yengil mashinalar, yuk mashinalari, avtobuslar ishlab chiqarila boshlandi. Talaba qizlarga Vatanimiz ravnaqiga hissasini qo‘shayotgan mashinosozlik sanoati tarixi haqida eshitish juda qiziqarli bo‘ldi.

 

 

Muzey eksponatlari orasida Turin texnika instituti talabalari yaratgan texnik shoular talaba qizlarda katta taassurot qoldirdi.
  Muzey ikkinchi qavatida fizika faniga oid, tabiiy hodisalarning qanday ro‘y berishi to‘g‘risida bir qator eksponatlar ham yaqindan tanishtirildi. 
  Texnik muzeyga qilingan ekskursiya talaba qizlarning yurtimizda amalga oshirilayotgan injener-texnik yangiliklar yaqindan tanishishga, fizika fani olamiga sayohat qilib katta taassurotlar olishga xizmat qildi. 
 

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi M.Vaxidova

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 74
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 61
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 64
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry