"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida «Men radikalizmga qarshiman» shiori ostida ijodiy va intellektual tanlov o‘tkazildi
Joriy yilning 20-oktyabr kuni ta’lim muassasasida “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” tomonidan talabalar o‘rtasida "Men radikalizmga qarshiman" shiori ostida tashkil etilgan ijodiy va intellektual tanlovning yakunlovchi bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov musobaqa tarzida tashkil etilib, dastavval ta’lim muassasasining barcha kurs talabalaridan yig‘ilgan 3 ta jamoa tuzildi va tanlov uch bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqichga ko‘ra talabalarning "Men radikalizmga qarshiman" mavzu doirasidagi ijtimoiy tarmoqlarda e‘lon qilingan ijodiy ishlari baholandi va bu shart tanlovning birinchi sharti deb belgilandi.
2-shartda esa har bir guruh sardorilari mavzuga doir tezkor savollarga javob berdilar.
3-shartda talabalar taqdim etilgan savollarga jamoaviy kelishgan holda javob berdilar.
Shartlar bir-biridan qiziqarli va bahslarga boy bo‘ldi.
Tanlovda “Ma’rifat” jamoa a‘zolari faollik ko‘rsatib birinchi o'rinni qo‘lga kiritdilar. Tadbir so’nggida esa "Men radikalizmga qarshiman" mavzu doirasidagi ijtimoiy tarmoqlarda ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandilar.
“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”