"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi
Til buyuk ne’matdir, har bir millat o‘z tilini e’zozlasa, qadrlasa, taraqqiyoti uchun jon kuydirsa, u til go‘zal, betakror va buyuk bo‘lib qolaveradi! Har bir xalq aziz va muqaddas bo‘lgan o‘z tilini asrash, rivojlantirish, jozibasini to‘la namoyon etish uchun harakat qiladi, chunki unda xalq tarixi, milliy qadriyatlari, madaniyati ifodalanadi.
1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi xalqimiz hayotida shubhasiz buyuk tarixiy voqea va O‘zbekistonning mustaqillik sari qo‘ygan ilk tamal toshi bo‘ldi.
Ushbu sana munosabati bilan "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida «O‘zbek tili - davlat tili » mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir qur'oni Karim tilovati bilan boshlanib, o'zbek tili rivojiga ulkan hissa qo'shgan vatanparvarlar xotirasiga duoyi xayrlar qilindi.
Shundan so'ng hozirda xalqimizni qiynab kelayotgan, o'zida til muommolarini aks ettirgan dolzarb sahna ko'rinishi yig'ilganlar e'tiboriga havola etildi.
Tadbir mavzuga doir qiziqarli savol-javob va o'zbek tilida ijro etilgan salovat ila yanada go'zal tarzda o'tdi.
Yig'ilganlar ham o'zlari uchun o'zbek tilida bor ammo, hozirda amalda qo'llanilmas so'z va iboralar haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar
“Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasining matbuot xizmati