21.10.2023
188

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalar orasida “sosiometriya” ijtimoiy tadqiqot o‘tkazildi

Joriy yilning 7 oktyabrda Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qituvchi Muattar Vaxidova boshchiligida 3-S guruh a’zolari o‘rtasida “Sosiometriya”  metodi yordamida ijtimoiy tadqiqot o‘tkazildi.

 

“Sosiometriya” so‘zi o‘lchash, o‘rganish (sosio-jamoa, metriya-o‘lchash) degan ma’noni anglatadi. Guruh ichidagi munosabatlarni o‘rganish usuli Vena universiteti bitiruvchisi Jeykob Levi Moreno tomonidan taklif qilingan. Birinchi jahon urushi yillarida avstriyalik qochqinlar lagerida ishlagan holda, u odamlarni kazarmalarga joylashtirishda ularning millati, e’tiqodi va siyosiy qarashlari hisobga olinsa, ko‘chirilganlarning yashash sharoitlarini yaxshilash mumkinligini payqadi. Shu sabab ichki ishlar vaziriga tegishli maktub yozgan va unda u o‘z yondashuvini sosiometriya deb atagan.
Sosiometriya kichik guruhlarda shaxslararo munosabatlar va iyerarxiyani o‘rganish texnikasidir. Usul guruhdagi shaxsning haqiqiy holati, hozirgi vaqtda guruh a’zolari o‘rtasidagi psixologik muvofiqlik va mavjud bo‘ysunish tuzilishi haqida ma’lumot olish imkonini beradi. 
Bu metod yordamida jamoa yoki guruhni o‘rganish uchun guruh a’zolariga savol beriladi. Bu savol sosiometrik mezon deb ataladi. Sosiometrik mezon guruh hayoti uchun muhim bo‘lishi, guruh hayotini aks ettirishi kerak.
Tekshirish muvaffaqqiyatli o‘tishi uchun osoyishta, ishchi sharoit zarur. Birinchi savol: “Tasavvur qiling siz uyingizda bayramona yig‘ilish o‘tkazmoqdasiz. Ushbu yig‘inga shu guruh a’zolaridan ko‘nglingizga yaqin bo‘lgan qaysi uch kishini taklif etasiz?”  shaklda berildi. Talabalarga shu guruh a’zolaridan uch kishini tanlashni va ko‘p o‘ylamaslik tayinlandi. Oldindan tarqatilgan varaqlarga talabalar o‘zlari tanlagan uch kishining ismi sharifini yozishdi. Ikkinchi savol: “Tasavvur qiling siz yig‘ilishga bormoqchisiz. Ushbu yig‘inga shu guruh a’zolaridan qaysi uch kishini taklif etmagan bo‘lardingiz?” Talabalar javoblarida guruh a’zolari orasidan ushbu savolga yana uch kishining ismi sharifini yozib berishdi.

 

 


Tanlovlarni tahlil qilish juda ko‘p foydali ma’lumotlarni beradi. avval guruhning eng nufuzli a’zolarini aniqlandi, keyin bir-birini tanlashga moyil bo‘lgan guruh a’zolaridan tashkil topgan o‘zaro juftliklar va guruhlar hosil bo‘ldi (har biri ikki yoki uch kishi, kamroq tez-tez to‘rt yoki undan ko‘p). 
Javoblarni tahlil qilish uchun sosiometrik jadvallar tuziladi. Ushbu jadvalda tanlovlar va bir-birini tanlagan ko‘rsatkichlar kirgiziladi. Jadvaldan shu ma’lum bo‘ldiki, birinchi ijobiy tanlovda guruh bitta guruhga birlashgan. Asosiy qism talaba qizlar shu guruh a’zolarini tanlashgan. Guruhda eng yuqori sosiometrik maqomga, ya’ni ko‘p ijobiy kategoriyada tanlangan talaba qiz 2tadir. Shu ma’lum bo‘ldiki, guruhda o‘qishda va hulqida yetakchi bo‘lgan talabalar eng ko‘p tanlov olgan talabalardir. Bu guruhning ochiq va yashirin yetakchilari o‘sha talabalar ekanligidir. Guruhda emosional-ruhiy yaqinlik mavjud. Guruh a’zolari bir-birlarini kerakli darajada qo‘llashadi. Shunday bo‘lsada, guruh a’zolari orasida ijobiy tanlov olmagan talaba qizlar ham mavjuddir. Bu ularning salbiy statusini bildirmaydi. Balki bu talaba qizlarning kerakli darajada guruh muhitiga moslashib ketmaganligini bildiradi.
Ikkinchi savol, javoblaridan shu ma’lum bo‘ldiki, guruhda ko‘proq salbiy tanlov olgan talabalar mavjud. Bu ko‘rsatkich talabaning guruh a’zolari bilan munosabatlari yetarlicha yaqin emasligini bildiradi. 

 

 


Tadqiqot xulosalari talabalar bilan muhokama qilindi. Bu metodikaning natijalarining ishlab chiqish tartibi umumiy holatda talabalarga tushuntirildi. Izolyasiyada qolgan talabalar xususida guruh a’zolari bilan ochiq muloqot qilindi. Har bir guruh a’zosi ushbu metodika orqali o‘zining guruhdagi sosiometrik statusi bilan tanishdi. 
O‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqot guruhdagi mavjud ruhiy-emosional muhitni, o‘zaro munosabatlarning qay darajada ekanligini, yashirin va ochiq liderlarni, guruhga hali keraklicha integratsiya bo‘la olmayotgan talabalarni aniqlash imkonini berdi. Shuningdek, guruh bilan kelajakda samarali ishlash yo‘llarini belgilab olishda qo‘l keldi.

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta’lim 
muassasasi o‘quv, qayta tayyorlash 
va malaka oshirish bo‘limi boshlig‘i                         M.Vaxidova 

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 202
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 168
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 169
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry