“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Ekstremistik tashkilotlar ayollar va yoshlardan o‘zlarining g‘arazli maqsadlarida qurol sifatida foydalanishi” mavzusida amaliy-ijodiy dars tashkil etildi.
#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish
#Men_radikalizmga_qarshiman #Jaholatga_qarshi_ma’rifat
#Amaliy_ijodiy_dars
Joriy yilning 24-oktyabr kuni ta’lim muassasasida “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” tomonidan 2-kurs talabalari o‘rtasida “Ekstremistik tashkilotlar ayollar va yoshlardan o‘zlarining g‘arazli maqsadlarida qurol sifatida foydalanishi” mavzusida amaliy-ijodiy dars tashkil etildi.
Unda IShID kabi ekstremistik, terroristik tashkilotlarning Suriya, Iroq va Afg‘onistondagi talato‘plari minglab qurbonlar keltirgani, ayollar va yoshlardan qurol sifatida foydalangani bilan birga, yana minglab bolalarning bolaligini o‘g‘irlagani haqida so‘z bordi. Shundan so‘ng Kun.uz tomonidan tayyorlangan 2021-yil 15-avgust sanasidagi “Urush o‘chog‘idan – osuda hayotga: IShID lagerlarida ulg‘aygan Abdulloh hikoyasi” nomli videoroligi talabalar e’tiboriga havola etildi.
Hikoyada shunday jumlalar bor edi: “Kasal singlimni qo‘yib yuborayotib, onam qattiq yig‘ladi”. Dars so‘nggida talabalardan o‘tilgan mavzu va namoyish etilgan videorolik haqida fikr mulozalarini yozib, o ‘qib berilishi so‘raldi.
Talabalar yurtimizda ayol-qizlarga xususan, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarga shukr qilish o‘laroq, ilm olishga katta e’tibor qaratishlari lozim ekani borasidagi turli fikrlarini berdilar.
Mavzuga xulosa o‘rnida ushbu turli fikr-mulozalar ichidan she’riy tarzda yozilgan qarashlar eng yaxshi ta’rif deb e’tirof etildi. Quyida ta’lim muassasasi talabasining hissiyotga boy o‘y-fikrlari aks etgan to‘rtlikni keltirishni lozim topdik.
Har kimki sog ‘inar huzuridan yiroqni,
Lek hech bilmaydiki ayni holatin ne’mat.
Vaholanki yiroqga yetilgan onda,
Oh urishar “Qaniydi qaytsam edi MOZIYIMga.
2-kurs talabasi B.Axmedova 24.10.2023
“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova