07.02.2022
552

VATAN HIMOYASI OLIY BURCH

 

 

Vatan inson ega bo‘lgan eng oliy ne’matlardan biridir. Vatan biz tug‘ilgan va butun umrimiz davomida panoh topadigan maskandir. Bizni, ajdodlarimizni va avlodlarimizni birlashtiradigan, tariximiz muxrlangan va kelajagimiz barpo bo‘ladigan er ham aynan vatandir.

Inson o‘z vatanida nima sodir bo‘lishidan qat’iy nazar uning farovonligi uchun harakat qilishi lozim. Turli muammolar, notinchliklar vatanga xiyonat qilishga yoki uni tashlab ketishga sabab bo‘la olmaydi, balki, yurtini tinch va omon bo‘lishi, rivojlanishini istagan har bir kishi vatan ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shishi darkor. Muqaddas dinimizda vatani uchun jonini fido qilgan musulmon kishi shahidlik maqomiga ega bo‘ladi. Said ibn Zayd (r.a) Payg‘ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qilgan hadislarida aytadilarki: “Molini, jonini, dinini va axlini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lgan kishi shahid maqomidadir”.

Vatanni sevish, unga xizmat qilish, uni asrab avaylash borasida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bizga eng go‘zal o‘rnak bo‘ladilar. U zot alayhissalom mushriklarning aziyatlaridan omonda qolish uchun Alloh taoloning amri bilan ona yurtlari Makkani tashlab Madinai munavvaraga hijrat qilish uchun yo‘lga chiqayotganlarida: “Qanday ham yaxshi shaharsan! Qanday ham menga sevimlisan! Agar qavming meni sendan quvmaganida sendan boshqa joyda yashamas edim”, – deb noilojlikdan Vatanni tark etishga majbur bo‘lganlarini izhor etganlar (Imom Termiziy, 3926-hadis). Sahobai kiromlar ham Madinaga hijrat qilganlaridan so‘ng doim o‘zlari tug‘ilib o‘sgan diyorlarini qumsab yashadilar, hatto ba’zilari u erga ko‘nikishlari qiyin bo‘lib, betob bo‘lib qoladilar. SHunda Nabiy alayhissalom Madinani ham Makka kabi  ularga sevimli qilishini so‘rab duo qiladilar.

Tinch osoyishta vaqtlarda vatanni sevib madh etish bilan birga yurtga turli xil balolar xavf solganda uni himoya qilish ham insonning muhim burchidir. Bu haqida hadisi sharifda aytiladiki: “Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Men Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning: “Qiyomat kuni har bir xiyonatkor uchun bu dunyoda qilgan xoinligi uchun sharmisor qiluvchi bayroq o‘rnatib qo‘yiladi”, deb aytganlarini eshitdim” (Imom Buxoriy, 3188-hadis).

Vatanni sevish bu ilohiy tuyg‘u bo‘lib, Alloh taolo bandalariga o‘zlari tug‘ilgan yurtlariga mehrli bo‘lish hissini ato qilgan. Shayx Muhammad G‘azzoliy (rahmatullohi alayh) Vatan haqida ta’rif berib aytadilarki:

“Bashariyat o‘z erini undagi narsalari bilan, garchi u hech kim yashamaydigan cho‘l bo‘lsa ham, yaxshi ko‘raveradi. Muhabbati yurakka singgan, inson unda bo‘lganda xotirjam, yiroq ketganda talpinadigan, hujum qilinganda asraydigan, kamsitilganda g‘azablanadigan makon Vatandir”.

Fitrati sof, tabiati sog‘lom kishilar hamisha vatanparvarlik hissi bilan yashaydilar, faqat badbaxt kimsalargina bu tuyg‘udan bebahra bo‘ladi.

 

Xadichai kubro ayol- qizlar o‘rta

 maxsus islom ta’lim muassasasi

o‘qituvchisi Nigmatova Mohira

Другие новости

9-MAY SANASI
08.05.2025 10
9-may sanasi — Buyuk Vatan urushi qatnashchilarini, o‘z Vatanini himoya qilishda hayotini fido qilgan ajdodlarimizni yod etish uchun ajratilgan muqaddas kun hisoblanadi. Bu kun qahramonlik, fidoyilik va Vatanga muhabbat ramzi...
Подробнее
9-may yod etish va duo qilish
08.05.2025 9
9-may kuni Vatan uchun jonini fido qilganlarni yod etish, ularning jasoratini qadrlash va ular uchun duo qilish musulmonlar uchun muhim vazifadir.Urushda vafot etganlar uchun duo qilish, ularning oxiratda mukofot topishlari...
Подробнее
KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 273
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry