25.10.2023
97

“Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlar doirasida "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida soha mutaxassislari bilan uchrashuv

Joriy yilning 25 oktyabr kuni “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlar doirasida "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talaba qizlar bilan soha mutaxassislari bilan suhbat uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda Olmazor tumani 2-IIB XPB XQMB podpolkovnik  Sh.X.Mirzakarimova, podpolkovnik G.A.Taymuratovalar qatnashishdi.
Suhbat davomida soha mutaxassislari talaba qizlarga hozirgi davrda jamiyatimizga tahdid solayotgan ekstremizm va terrorizm xavfi haqida ogoh bo‘lishga, internet saytlarda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarning har turli ko‘rinishlari xususida atroflicha tushuntirdilar.

 

 

 

 Shuningdek, noqonuniy ta’lim berish mumkin emasligi haqida ham kerakli ma’lumotlar berildi. Ekstremistik oqimlarning saytlariga kirmaslik, ushbu saytlarning ma’ruzalarini, nashidalarini telefonlarda, planshetlarda saqlash qonun doirasida jinoiy javobgarlikka olib kelishi haqida ogohlantirildi. 


Mehmonlar talaba qizlarga Olmazor tumanida ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan yoshlar va hozirda ko‘p uchrayotgan o‘smir qizlarning bo‘lmag‘ur yigitlar bilan tanishib uydan chiqib, yo‘qolib qolayotganliklari bo‘yicha faktlar keltirishdi. Uchrashuv so‘ngida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, kerakli javoblarni oldilar. Uchrashuv juda mazmunli va foydali bo‘lib o‘tdi

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta’lim muassasasi o‘quv, qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘limi boshlig‘i M.Vaxidova 

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 77
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 64
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 66
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry