08.11.2023
302

Bag'rikenglik millat tayanchi

O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.
Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat 
qiladi. Turli millat va elat vakillari uchun esa bir qancha milliy-madaniyat markazlari 
faoliyat yurgazib kelmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida Angren shahar rus milliy-madaniyat markazi, Olmaliq shahar ukrain milliy-madaniyat markazi, Oqqo'rg'on tumani koreys milliy-madaniyat markazi, Viloyat qozoq milliy-madaniyat markazi, Yangiyo'l shahar tatar milliy-madaniyat markazi kabilardir. Mana shunday ko'p millatli respublikamizda 1800 dan ortiq diniy tashkilotlar faoliyat ko'rsatib turibdi.

 

 

 

 

O'zbekistonda barcha diniy tashkilotlarga qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. 
Ularning qonunga mos istaklari ro'yobga chiqarilmoqda. Hech kimga sir emaski, bugungi kunda turli dinlar va madaniyatlarga mansub davlatlar o'zaro yaqinlashmoqda. Bu hol ular orasidagi ijtimoiy, madaniy va diniy sohalardagi doimiy muloqotlarni taqozo etmoqda. 
Shu maqsaddan kelib chiqib 1945-yilda BMT ustavi «sabr-toqatli bo'lish va jahonda yaxshi qo'shnilar sifatida birgalikda yashash hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo'llab-quvvatlash uchun sa'y harakatlarimizni birlashtirish»ni o'z maqsadlaridan biri deb e'lon qildi. 1981-yil 25-noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 361 55-rezolyutsiyasi din yoki e'tiqodga asoslangan sabr-toqatsizlik va kamsitishning barcha shakllarini tugatish to'g'risidagi deklaratsiyani e'lon qildi.

 


Bosh Assambleya a'zo davlatlarni din yoki e'tiqod erkinligiga rioya qilish va uni kafolatlashga, din yoki e'tiqod erkinligi masalalarida bir-birini tushunish, sabr-toqatli va o'zaro hurmat qilishga ko'maklashishga hamda din yoki e'tiqoddan BMT ustaviga va BMTning boshqa tegishli hujjatlariga xilof bo'lgan maqsadlarda foydalanilishiga yo'l qo'ymaslikka da'vat etadi. 
«Tolerant» atamasining lug'aviy ma'nosi lotincha «tole gage» (chidamoq) so'zidan olingan. Tolerantlik biror narsani, o'zgacha fikr yoki qarashni, o'z shaxsiy tushunchalaridan qat'i nazar, imkon qadar bag'rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag'rikenglik vijdon erkinligi va ma'naviyat jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yo dinga hurmatni bildiradi. Turli din hamda konfessiya vakillari e'tiqodida aqidaviy farqlar bo'lishiga qaramay, ularning yonma-yon va o'zaro tinch-totuv yashashini anglatadi.

 Bag'rikenglik tushunchasi
1. Bag'rikenglik bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o'zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishningxilma-xilusullarini xurmat qilish, qabul qilish va to'g'ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamdaxur fikr, vijdon va e'tiqod vujudga keltiradi. Bag'rikenglik turli-tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma'naviy burchgina emas, balki siyosiy vahuquqiy ehtiyojhamdir. Bag'rikenglik tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir.
2. Bag'rikenglik yon berish, andisha yoki xushomad emas. Bag'rikenglik eng avvalo insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol 
munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham bag'rikenglik ana shu asosiy qadriyatlarga 
tajovuzlarning bahonasi bo'lib xizmat qilmaydi. Bag'rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim.
3. Bag'rikenglik inson huquqularini qaror toptirish, plyuralizm (shu jumladan, madaniy 
plyuralizm), demokratiya va huquqning tantanasi uchun ko'maklashish majburiyatidir. Bag'rikenglik aqidabozliqdan, haqiqatni mut-laqlashtirishdan voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda o'rnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi tushunchadir.
4. Bag'rikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga ehtirom bilan hamohang, u ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan sabr-toqatli munosabatda bo'lishni, o'z imon-e'tiqodidan voz kyochish yoxud boshqalarning e'tiqodiga yon be-rishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki, har kim o'z e'tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmog'i lozim. U yana shuni anglatadiki, odamlar o'z tabiatiga ko'ra tashqi ko'rinishi, qiyofasi, o'zini gutishi, nutqi, xulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi e'tirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda yashashga va o'zlarining ana shu individualligini saqlab qolishga haqlidirlar. U yana shuni anglatadiki, bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas.

Islomning siyosiy doktrinasi (ya`ni Islomning siyosat sohasidagi qonunlari va tamoyillari) favqulodda tinchliksevarlik va insonparvarlik g'oyalari asosiga qurilgan. Bu haqiqat musulmon bo'lmagan ko'plab tarixchilar va ilohiyotchilar tomonidan ham tan olingan.

1-kurs talabasi Z. Ergashov

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 185
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 312
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
АLISHER NAVOIY IJODIDA HADIS VA “АRBAIN”NING YARATILISHIGA TURTKI BERGAN OMILLAR
26.09.2023 363
Annotasiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiy13-14 yoshga qadam qo‘yganida otasi hayotdan ko‘z yumgani, Uni Abulqosim Bobur o‘z tarbiyasiga olib, katta badiiy iste’dodi uchun g‘oyat muhim poydevor yaratib bergani, mutafakkirning she’riyatga kirib...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry