"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Ma'naviyat marafoni" doirasida tadbirlar bo'lib o'tdi
#Ma'naviyat_marafoni
#Milliylik_tarannumi
Yoshlar tarbiyasida o‘zbek milliy qadriyatlarining tutgan o‘rnini oshirish, mustahkamlash hamda buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lgan, bebaho, asl qadriyatlarimizni targ‘ib qilish maqsadida
joriy yilning 10-noyabr kuni ta'lim muassasasida "Ma'naviyat marafoni" bo'lib o'tdi.
Ushbu marafon doirasida shu kuni talabalar barchasi ta'lim muassasasiga milliy libosda keldilar. Avvalo milliy liboslar festivali bo'lib, unda ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan adras-atlas, ipak matolaridan tikilgan liboslar namoyish etildi.
Shuningdek talabalar o'z qo'l mehnatlari bilan yasagan turli anjomlar, zardo'zlik san'ati asosida tikilgan namunalar hamda xattotlik ko'rgazmalari namoyish etildi. Tadbir doirasida "Ajdodlar mardona mangu bo'l obod" mavzusida talabalar chiqish qildilar. Har bir o'quvchi buyuk ajdodlarimiz haqida o'zlari bilgan ma'lumotlarni o'rtoqlashdilar.
Tadbir so'ngida "Milliylik millat ruhi" nominatsiyasi bo'yicha 3-kurs talabalari, "Vatan kelajagi mening kelajagim" deya kelajakdagi rejalarini bayon qilish nominatsiyasida 2-kurs talabalari eng faol deb topildi. “Mohir qo’llar” nominatsiyasida esa xattotlik namunalari, she’riy chiqishlar, va zardo’zlik san'ati hamda qo’l mehnati bilan yasalgan anjomlar ko’rgazmasidagi munosib chiqishlari uchun birinchi kurs talabalari g’olib deb topildi. Marafon so’ngida barcha talabalar ushbu marafon ularda ijobiy taassurot qoldirganini bayon qildilar.
Zero, yoshlarni milliylikka va o’zligiga sodiq qilib tarbiyalash ularni ertangi kunga bo’lgan ishonchini yuksaltirish hamda jamiyat uchun manfaatli shaxs bo’lib yetishib chiqishiga munosib hissa qo’shish barchamizning zimmamizdagi sharafli mas’uliyatdir.
“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo’limi”