11.11.2023
74

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida fan nomzodi bilan birga davra suhbati bo'lib o'tdi

Joriy yilning 11-noyabr kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqimiz, birlashsak – vatanmiz” Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti "Ijtimoiy fanlar" fakulteti, etika va estetika dotsenti PhD Shadimetova Gulchehra Ma‘murovna bilan talabalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi 
 

 


Uchrashuv Imom G‘azzoliyning "Mukoshafatul qulub asari tahlili" mavzusida bo‘lib, talabalar mazkur asarda keltirilgan milliy qadriyatlar, jamiyat hayotida insonlar o‘rtasidagi muloqotda salomlashish, milliy  bayramlarning o'rni haqida ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

 


"Mukoshafatul qulub" asarida keltirib o‘tilgan mavzularning bir qismi: farzandlar bilan ota-ona munosabatlari, oilada er-xotin munosabatlar, jamiyat hayotida qo‘shnichilik an'analari va odoblari uchrashuv davomida yoritilib o‘tildi

Uchrashuv davomida, mavzu yuzasidan   berilgan savollarga talabalar faol qatnashib, o‘zlarining ham qiziqtirgan savollarini berishdi

Tadbir nihoyasida,  Shadimetova Gulchehra ustozga  Tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari taqdim etildi, hamda talabalar ilmiy ma‘rifiy suhbat uchun samimiy tashakkurlar bildirishdi.

 

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati 

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 77
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 64
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 66
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry