14.11.2023
93

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi Talabalar turar joyida "Milliy pishiriqlar" nomli musobaqa o'tkazildi

#Talabalar_oshxonasi
#Milliylik_tarannumi 
 

Ayol-qizlar ilmu irfon  tarqatish yoki ilm olish bilan har qancha band bo'lsalar ham o'zlaridagi ayollarga xos bo‘lgan fazilatlarni unutmaydilar. 
Zero, ilmu ma‘rifat va  farzandlar tarbiyasi bilan birga uy ishlarini ham qoilmaqom tarzda ado etish - mana shu haqiqiy olima va soliha ayol-qizlarning ziynatidir. Qolaversa, uzuluksiz aqliy mehnat bilan miyani  toliqtiravermay o'rni kelganda mazali taomlar tayyorlash orqali 
yaqinlarni xushnud aylash yoqimli hordiq  bo‘ladi desak, mubolag‘a bo‘lmas. 

13-noyabr kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta’lim muassassasi talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba qizlar o’rtasida “Milliy pishiriqlar” nomi ostida don-un mahsulotlaridan shirinliklar tayyorlash musobaqasi o‘tkazildi. 

 

 

Unga ko’ra birinchi kurs talabalari “Eng chiroyli shirinliklar” nominatsiyasi bo’yicha, 2-kurs talabalari "Milliylik aks etgan shirinliklar” nominatsiyasi bo’yicha, 3- kurs talabalari esa “Eng mazali shirinlik” nominatsiyasi bo’yicha g'olib deb topildilar. 

 


Har bir jamoa faxriy yorliq  va munosib sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Talabalar turar joyi mas'ul xodimi D.Maxmudova

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 76
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 64
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 66
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry