15.11.2023
84

BAG‘RIKENGLIK HAFTALIGI

#Tashrif
#Bagrikenglik_haftaligi


15-noyabr kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasi talaba "Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi" uslubchisi M. Axmedova va talaba qizlar  O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasiga qarashli fotochilar uyida  tashkil etilgan, yurtimizdagi bag‘rikenglik munosabatlari aks ettirilgan fotosuratlar ko'rgazmasida ishtirok etdilar.


Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu taqdimot 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab, joriy yilning 13–19 noyabr kunlari respublikaning barcha hududida “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu ko'rgazmaga yurtimizda faoliyat yuritayotgan turli diniy konfessiyalar va madaniyat markazlarining vakillari tashrif buyurdilar.


“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida bo‘lib o‘tayotgan tadbir xalqlarimiz orasidagi do‘stlik rishtalarining  rivoj topishiga, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir.

"Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi"

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 77
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 64
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 66
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry