"Dinlararo bag‘rikenglik - umummiliy qadriyat" mavzusida davra suhbati
Turli madaniyatga mansub aholi vakillari o‘zaro ahil-inoq yashab kelayotgan O‘zbekistonda milliy va diniy bag‘rikenglik hukm surmoqda. Bag‘rikenglik turli millat va elatga daxldor kishilarning, turli xil diniy e’tiqodli insonlarning bir zamin, yagona Vatan, bir yurtda, bir hududda oliyjanob g‘oya, orzu-umid, maqsad va niyatlar yo‘lida hamkor, hamfikr va hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi.
Joriy yilning 15 noyabr kuni "Bag‘rikenglik haftasi" doirasida "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Dinlararo bag‘rikenglik - umummiliy qadriyat" nomi ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Suhbatni ta‘lim muassasasi "Dunyo dinlari tarixi" fani ustozi Qutbitdinova Maxarram olib bordilar
Suhbat davomida Islom tarixi an'analariga ko‘ra ham qadim qadimdan o‘zga din va millat vakillariga o‘zaro hurmat bo'lganligi sahobalar hayoti orqali misollar bilan keltirildi.
Suhbat nihoyasida mamlakatimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqdaligi haqida alohida so'z yuritildi
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati