19.11.2023
242

Jaholatga qarshi ma’rifat

Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish,hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, hamda Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch,  turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro  hurmat, teng huquqlik, tinchlik va  totuvlikni targ‘ib qilish asosiy maqsadimizdir. 
Jaholat –bu juda ham qora so’z bo’lib, inson qalbini bulg’ovchi tuyg’u  bo’lib hisoblanadi.
Jaholat va   johillik hech qachon o’z- o’zidan paydo bo’lmaydi.  Ya’ni insonga nafrat, unga ezgu amallarni tilamaslik hech qachon o’z- o’zidan  paydo bo’lmaydi. Nimadir  bunga motiv bo’ladi-ki, inson qalbida qandaydir  kuchli qo’rquvmi, yoki kuchli nafrat tugunimi paydo bo’ladiki inson ma’rifati va aql-u zakovati ojizlik yoki zaiflik qilib bu qo’rquv yoki nafratni yenga olmaydi. Natijada esa jaholat insonni asta-sekin o’z domiga tortib ketaveradi, o’zining zulmat, qo’rqinch va alamga to’la  yutib yuboruvchi yo’laklari sari yetaklayveradi.  Inson ruhan kuchi, ma’nan kuchli yetuk bo’lsa bu jaholat domi zulmatini o’z ziyosi ila yengib chiqa oladi.
Ma’rifat nurining  kuchi  ko’plab  qurbonlaridan keyin  va nihoyat jaholat zulmati ustidan g’alaba  qozonadi.  Ammo  inson zoti  bor  ekan   ular  hamisha  kurashda  bo’ladi : jaholat  va  ma`rifat.

Tayyorladi: 3-kurs talabasi Orifjonova Oisha
Mas’ul ustoz: Gulruh Mansur

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 143
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 235
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
АLISHER NAVOIY IJODIDA HADIS VA “АRBAIN”NING YARATILISHIGA TURTKI BERGAN OMILLAR
26.09.2023 302
Annotasiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiy13-14 yoshga qadam qo‘yganida otasi hayotdan ko‘z yumgani, Uni Abulqosim Bobur o‘z tarbiyasiga olib, katta badiiy iste’dodi uchun g‘oyat muhim poydevor yaratib bergani, mutafakkirning she’riyatga kirib...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry