Ta‘lim muassasasida davra suhbati
Joriy yilning 24-noyabr sanasida ta’lim muassasasida ayol-qizlar ta’limiga e’tibor qilib, “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish” mavzularida psixologik seminar-treninglar o‘tkazish maqsadida ko‘p yillik tajribaga ega psixolog O‘zXIA “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi Dosjanova Yulduz Raxatovna bilan 3-kurs talabalari o’rtasida davra suhbati tashkil etildi.
Unda “Stressni kelib chiqish sabablari va zamonaviy psixologiya yechimlari” mavszusida bir qator psixologik treninglar tashkil qilindi. Dastavval talabalarga hoizirgi kundagi asosiy muammolardan biri bo’lgan insonlarning ruhiy muammolari, stress haqida ma’lumotlar mutaxassis tomonidan yoritildi.
Shu bilan birgalikda suhbat davomida umumiy olingan ma’lumotlarga asoslanib bir qancha yechimlari ham keltirib o’tildi. Uchrashuv yorqin tasaassurotlarga boy bo’ldi desak mubolag’a bo’lmas. Suhbat so’ngida ta’lim muassasasi tomonidan mehmon mutaxassisga “Tashakkurnoma” va estalik sovg’alari topshirildi.
“Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat" bo'limi