Ta‘lim muassasasida davra suhbati
Joriy yilning 29-noyabr sanasida ta’lim muassasasida ayol-qizlar ta’limiga e’tibor qilib, “NIZOLAR VA ULARNI BOSHQARISH” mavzularida psixologik seminar-treninglar o‘tkazish maqsadida ko‘p yillik tajribaga ega psixolog Dusmuxamedova Shoira Akbarovna Uz XIA ‘ Din psixologiyasi va pedagogika» kafedrasi dotsenti , psixologiya fanlari nomzodi bilan 3-kurs talabalari o’rtasida davra suhbati tashkil etildi.
NIZOLAR bu- qarama –qarshi maqsadlar, manfaatlar, pozisiyalar, fikrlar, nuqtai- nazarlar va sheriklarining qarashlari to‘qnashuvidir Dastavval nizo ba qarama-qarshiliklar haqida ma’lumotlar mutaxassis tomonidan yoritildi.
Shu bilan birgalikda suhbat davomida umumiy olingan ma’lumotlarga asoslanib bir qancha yechimlari ham keltirib o’tildi. Uchrashuv yorqin tasaassurotlarga boy bo’ldi desak mubolag’a bo’lmas. Suhbat so’ngida ta’lim muassasasi tomonidan mehmon mutaxassisga “Tashakkurnoma” va estalik sovg’alari topshirildi.