"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Xattotlik durdonalari" nomli ko‘rik tanlovi yakunlandi
O'zbek milliy an'analari tarixida xattotlik asarlari o'ziga xos o'ringa ega. Buning isboti o‘laroq yurtimizning eng go'zal tarixiy obidalarida aks etgan san'at durdonalariga - xattotlikning go‘zal va nafis yozuvlariga qarash kifoya.
Ushbu an'anani davom ettirgan holda "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida xattotlik fani ustozi Rahmatullayeva Shahzoda ustoz boshchiligida bir oydan buyon Xattotlik ko'rgazmasi tashkil etilgan edi. Noyabr oyi davomida talabalar o‘z qo‘llari bilan yozgan xattotlik namunalarini namoyish etish orqali ko'rgazmada faol ishtirok etdilar.
Joriy yilning 30-noyabr kuni ushbu ko'rgazma asosida "Xattotlik namunalari" nomli ko‘rik tanlov bo'lib o'tdi.
Tanlovda ta‘lim muassasasining barcha kurs talabalari faol ishtirok etib, o'zlarining ijodiy ishlarini taqdim etdilar. Eng chiroyli va namunali ijodiy ishlar hakamlar hay'ati tomonidan tanlab olindi. So‘ngra ta'lim muassasasi rahbari N.Ibragimova g'oliblarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alar taqdim etdilar.
Qayd etish joiz-ki, ushbu ijodiy ishlar orqali talabalarning xattotlik san‘atini qanchalik yaxshi o'zlashtirishganlari namoyon bo‘ldi. Kelajakda talaba qizlarimiz orasidan o‘zbek xalqining milliy an'ana va qadriyatlarini davom ettiradigan asl kasb egalari - yetuk xattotlar yetishib chiqishiga tilakdoshmiz.