04.12.2023
153

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan suhbat bo‘lib o‘tdi

1 dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni 1988 yildan beri har yili 1 dekabrda OITV infektsiyasi tarqalishi natijasida yuzaga kelgan OITS pandemiyasidan xabardorlikni oshirish va kasallikdan vafot etganlarning xotirasiga bag’ishlangan xalqaro kundir.  Shu munosabat bilan “Xadichai Kubro” ayol-qizla o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasda ta'lim muassasas tibbiyot xodimasi F.Muhiddinova hamda  talabalar o'rtasida suhbat o’tkazildi.

 

 

 Butunjahon OITSga qarshi kurash kunining maqsadi OITSdan aziyat chekayotganlar hayotini yaxshilash va o’limga olib kelishi mumkin bo’lgan virusni yo’q qilish bo’yicha keyingi tadqiqotlarga yordam berishdir. Bu kunni belgilash g’oyasi birinchi marta 1987 yil avgust oyida Jeneva (Shveytsariya)dagi Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining OITS bo’yicha global dasturining ikki jamoatchi axborot xodimi Jeyms Bunn va Tomas Netter tomonidan o’ylab topilgan. Tadbir davomida talabalar OITS qanday kasallik, uning yuqish yo’llari va kechishi, asoratlari va profilaktikasi bilan tanishdilar. Tadbirdan ko’zlangan maqsad talabalarning OIV (Odamning imunitet tanqisligi virusi) va OITS (Ortirilgan imunitet tanqisligi sindiromi) kasalligi, uni yuqtirish sabablari hamda oqibatlari haqida keng tushunchalar berib, uning jamiyatda tarqalishi va yuqishida har bir insonning roli katta ekanligini ko’rasatib berishdir. Tadbirda ma’lumot berilishicha, UNAIDS bergan ko’rastkichlariga asosan OITV bilan kasallanganlar soni — 2022 yilda dunyo bo’ylab taxminan 37,7 million kishini tashkil etdi. Ulardan 36 millioni kattalar (53%i ayollar va qizlar), 1,7 millioni 0-14 yoshli bolalardir edi. 2020 yil ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda ushbu kasallik bilan kasallanganlar soni 58 mingtani tashkil etib, 2022 yilda bu kasallikdan 1000ga yaqin odam o’lganini ko’rsatadi. O’tkazilgan tadbir so’ngida talabalar Blitz – so’rov orqali olgan bilimlarini mustahkamladilar va qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

 

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati 

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 196
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 163
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 164
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry