“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR ISLOM TA’LIM MUASSASASI TALABALARI POYTAXTIMIZDAGI IMKONIYAT CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN 36-YORDAMCHI MAKTABIDA
Joriy yilning 4-dekabr kuni “Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta'lim muassasasi “Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo’limi” boshlig’i G.Maxamedova, ta‘lim muassasasi bosh hisobchisi Rahimova Onaxon, Toshkent Islom instituti amaliyotchi talabalari Saidakbarxojayeva Halima
Yoldoshxojayeva Hojiyalar hamda talabalar BMT tashkiloti tomonidan e’lon qilingan “12 dekabr – Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi” tashkil topgan kuni munosabati bilan Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan imkoniyat cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 36-yordamchi maktabiga tashrif buyurishdi
Ushbu sana butun dunyo boʻylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad dastavval uzoq vaqt davom etgan urush natijasida katta qiyinchiliklarga duchor boʻlgan Yevropa bolalariga gʻamxoʻrlik koʻrsatish bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik yer yuzida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi bolalarning sog‘lom va barkamol voyaga yetishiga kumaklashish uning bosh tamoyiliga aylangan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, UNICEFga aʼzo boʻldi va u bilan yaqin hamkorlik oʻrnatdi.
Ta’lim muassasasinig muallima, xodim, talabalari va sahovatli insonlar tomonidan to'plangan ehson hamda hadiyalari bilan mazkur maktab o‘quvchi va murabbiylari yo‘qlanib, ko'ngillari ko'tarildi. Zero, O‘zbekiston ushbu jamgʻarma tomonidan bolalarni immunizatsiya qilish, boshlangʻich maktab oʻquvchilarini oziq-ovqat va ichimlik suv bilan taʼminlash vaksinalar yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli dasturlar, Orolboʻyi aholisiga yordam koʻrsatish yuzasidan maxsus dastur, "Orol dengizi: mintaqaviy va ekologik yordam loyihasi" ishlab chiqqan. Talabalar tashrifdan ko'plab ibratlar, kerakli xulosalar olib qaytdilar.
“Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo’limi” boshlig’i G.Maxamedova