"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - Bosh qomusimiz" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi
Joriy yilning 6 dekabr kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida 8-dekabr - “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni”ga bag‘ishlangan "Konstitutsiya - Bosh qomusimiz" nomi ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir talabalarning Konstitutsiyamiz haqida ma'lumotlar berilishi bilan boshlandi. Har bir xalqning Konstitutsiyasi uning o‘ziga xos madaniyati, shart-sharoiti va qadriyatlarini aks ettiradi. Qolaversa Konstitutsiya har bir fuqaroning umumjahon huquqlarini belgilovchi va himoya qiluvchi asosiy hujjat sanaladi.
Tadbir davomida, talabalar tomonidan Konstitutsiyamiz haqidagi she'rlar o‘qildi. Inson huquqlari, ta‘lim olish huquqlariga oid moddalar talabalar tomonidan qayta o‘qib eshittirildi.
Tadbir oxirida Konstitutsiya kuni uchun maxsus tayyorlangan sahna tadbirning asosiy esda qolarli qismi bo'lib qoldi
Tadbir sahnalashtirish ishlarida Toshkent Islom instituti amaliyotchi talaba qizlari faollik ko'rsatishdi
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati