"Aloqa tarixi muzeyi"ga sayohat
Joriy yilning 20-dekabr kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi Informatika va axborot texnolgiyalari fani katta o'qituvchisi Z.Xodjimuratova va 1-kurs guruh murabbiysi S.Muhammedxo'jayeva guruh talabalari bilan 2008-yilda asos solingan , Oʻzbekistonning eng yaxshi ilmiy texnikaviy muzeylaridan biri "Aloqa tarixi muzeyi"ga sayohat qilishdi
Aloqa tarixi muzeyi“ yosh muzey boʻlishiga qaramay, Oʻzbekistonning nufuzli muzeylari qatoridan joy olgan. Muzey binosi uch qavat va ertoʻla qismidan iborat. Muzeyning barcha qavatlarida ekspozitsiya zallari mavjud. Muzey ikkinchi qavatidagi asosiy ekspozitsiya beshta boʻlimdan iborat.
1. Pochta aloqasi boʻlimida qadimiy maʼlumot uzatish usullaridan to zamonaviy pochta tashishda foydalanilgan jihozlar qoʻyilgan. Unda pochta va pochta markalari tarixi bilan bogʻliq eksponat va materiallar, shu jumladan pochta katrochkalari, pochta orqali yuborilgan xatlar, muxrlangan konvertlar, telegrammalar, mustaqillikdan avvalgi davr pochta tarixini aks ettiruvchi materillar mavjud. Bu eksponatlar Sizga pochtaning rivojlanish tarixini oʻrganishga imkon beradi, shu bilan birga, mustaqillik davridagi sohaning rivojlanish bosqichlarini oʻzida aks ettirgan. Shuningdek, „Aloqa tarixi muzeyi“ „Oʻzbekiston pochtasi“ AJ „Oʻzbekiston markasi“ filiali tomonidan nashr etilayotgan markalar Davlat kollektsiyasining yagona saqlovchisi hisoblanadi.
2. Telegraf-telefon boʻlimida yurtimizda foydalanilgan eng sodda telegraf-telefon uskunalaridan to hozirgi kunga qadar foydalanilayotgan zamonaviy uskunalarining ishchi holatdagi asl namunalari oʻrin olgan.
3. Radio-televideniye boʻlimi turli rusumdagi radio va televizorlardan iborat namunalar ushbu ekspozitsiyadan oʻrin olgan.
4. Mobil aloqasi boʻlimida Oʻzbekistonda foydalanilgan birinchi mobil telefon apparati ekspozitsiyadan joy olgan. Shuningdek, ishlab chiqarilgan va rivojlanish bosqichlarida yaratilgan mobil telefon namunalari namoyish etilgan.
5. Sohaning mustaqillik yillarida rivojlanishi boʻlimida mustaqillik davrida aloqa sohasidagi yangi texnologiyalar va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi oʻz aksini topgan. Bundan tashqari muzeyda quyidagilar mavjud.
Muzeyning ostki qavatida turli yillarda foydalanilgan taksofonlar, oʻlchov texnikalari va pochta boʻlimining XX asr 80-yillardagi koʻrinishi joy olgan. Muzeyda 30 oʻrinli kinozal, 40 hamda 150 oʻrinli zamonaviy texnik jihozlar bilan taʼminlangan anjuman zallari mavjud. Muzey xizmat koʻrsatish faoliyatida mobil 360 gradusli vertual „Aloqa tarixi muzeyi“ga sayoxat qilishingiz mumkin. Qolaversa, „Audiogid“ joriy etilgan boʻlib, mobil audiogid QR kodi tizimi bilan takomillashtirilgan. Undagi audiodastur eksponatlar haqida uch tilda eng muhim maʼlumotlar bilan tanishtiradi.
Talabalar yuqoridagi ma‘lumotlar bilan muzeyning maxsus xodimlari tanishtirib, ekspanatlar tarixi va qimmatbaholigi haqida ma‘lumotlar berib o‘tishdi
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati