22.12.2023
199

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida amaliy dars bo‘lib o‘tdi

#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish 
#Men_radikalizmga_qarshiman #Jaholatga_qarshi_ma’rifat
#Amaliy_ijodiy_dars

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “DUNYONING BUGUNGI KUNDA E’TIROF ETILGAN YETAKCHI ULAMOLARI TOMONIDAN ISLOM DININING MUSAFFOLIGINI SAQLASH MAQSADIDA BERILGAN MA’RUZALARI VA FIKRLARI” mavzusida amaliy-ijodiy dars tashkil etildi.

Joriy yilning 21-dekabr kuni ta’lim muassasasida “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” tomonidan 1-kurs talabalari o‘rtasida “DUNYONING BUGUNGI KUNDA E’TIROF ETILGAN YETAKCHI ULAMOLARI TOMONIDAN ISLOM DININING MUSAFFOLIGINI SAQLASH MAQSADIDA BERILGAN MA’RUZALARI VA FIKRLARI” mavzusida amaliy-ijodiy dars tashkil etildi.


Unda  diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligiga solayotgan zamonaviy tahdidi, terrorizmga qarshi kurashishda fuqarolarning ma’naviy va huquqiy madaniyatini oshirishni talab qilinishi borasidagi dunyoning bugungi kunda e’tirof etilgan ulamolari tomonidan ta’lif etilgan kitoblarini mustaqil o’rganish vazifasi topshirilgan edi. 

Talabalar tomonidan ta’lim muassasasi ARMsida mavjud Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarning “Fitna”, “Islomda Vatan tushunchasi”, O’MI tomonidan nashrga tayyorlangan “Diniy bag’rikenglik tamoyillari yoshlar talqinida”, DIQ tomonidan nashrga tayyorlangan “Islom niqobi ostidagi ekstremistik va terrorchi uyushmalar ma’lumotlar to’plami”, Shuhrat G’oyibnazarovning “Xalqaro terrorizm: ildizi, omillari va manbai”, A.Zayriyev, E.Qudratullohlarning “Soxta salafiylarning sayoz sabog’i”, Ramazon Butuyning “Mazhabsizlik bid’atdir”, Komiljon Shermuhammedovning “Jaholat turi”, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ochiq xat”, “Odoblar xazinasi”, “Mazhablar birlik ramzi” nomli asarlarini mustaqil o’rganib keldilar va ushbu asarlarda muallifning fikr-mulohazalari haqida guruh bilan bahs-munozara yuritdilar. 

 

Dars so‘nggida talabalardan o‘tilgan mavzu va asarlar haqida fikr mulozalarini yozib, o‘qib berilishi so‘raldi. Talabalar yurtimizda ayol-qizlarga xususan, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarga shukr qilish  o‘laroq, ilm olishga katta e’tibor qaratishlari lozim ekani borasidagi turli fikrlarini berdilar.

 


“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifa bo‘lim boshlig‘   G.Maxamedova

Другие новости

Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin
21.03.2025 37
Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan go'zal va dilbar fasl bahor kirib keldi. Ana shu ulug' ayyom - sharqona yangi yil bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Navro'z bayrami barchamizga muborak bo'lsin
Подробнее
Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 307
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 262
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry