22.12.2023
259

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Fiqh" fanidan ochiq dars

Joriy yilning 21-dekabr kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida Toshkent Islom institutidan pedagogik amaliyot uchun yuborilgan talaba Yo‘ldoshxodjayev Hojiyaning ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.

Dars 1 kurs talabalari ishtirokida "Najosat bobi, istinjo hukmlari" mavzusida bo'lib o'tdi

Darsni tashkil etishda amaliyotchining zamonaviy metodlardan foydalanganligi, darsning qiziqarli o‘tishiga juda katta hissa qo‘shdi
 


Guruhlarga bo'lib olishdan boshlangan dars, interaktiv o'yinlar orqali uy vazifalarini tekshirish bilan davom etdi. Yangi mavzu esa zamonaviy texnik anjomlar, aqilli doskada slaydlar orqali tushuntirib berildi
 

 


Dars so‘nggida esa avval "Kahoot" o‘yini orqali talabalar bilimlari tekshirilib, eng tezkor va to'g'ri javob bergan talaba aniqlandi. So'ngra "Fiqhiy hukmlar" nomi ostidagi  jamoviy o'yinlar orqali eng yaxshi jamoa aniqlandi
 

 


Darsni kuzatish jarayonida "Fiqh" fani ustozi N.Ibragimova va boshqa ustozlar ishtirok etib, dars jarayonini baholab borishdi
 

 


Dars yakunida talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi, amaliyotchi talaba tomonidan esa dars davomida faol bo'lgan hamda tashkil etilgan interaktiv o'yinlarda g'olib bo'lgan talabalarga esdalik sovg'alar taqdim etildi

 

 

 



"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati

Другие новости

Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin
21.03.2025 37
Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan go'zal va dilbar fasl bahor kirib keldi. Ana shu ulug' ayyom - sharqona yangi yil bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Navro'z bayrami barchamizga muborak bo'lsin
Подробнее
Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 307
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 262
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry