23.12.2023
62

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida bugun 22-dekabr kuni "Hadis bilimdoni" nomli intellektual bellashuv bo'lib o'tdi


Joriy yilning 22-dekabr kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida Hadis fani o‘qituvchisi Mahmudova Dildora va fiqh fani o'qituvchisi Ibrohimova Fotima ustoz boshchiligida barcha kurs talabalari ishtirokida "Hadis bilimdoni" nomli intellektual bellashuv bo'lib o'tdi.  

 

 

Talabalar "Buxoriy avlodlari", "Hadis muxlisalari", "Sunnat xodimalari" nomli guruhlarga taqsimlanib quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
1. Guruh nomi va ishtirokchilarini tanishtirish.
2. Bahrul hadis.
3. Sahobalar ismini aytishuv.
4. Berilgan savollarga jamoaviy kelishgan holda javob berish. 
5. Tezkor savollarga javob. 
6. Ijodiy chiqish. 
 

 

 

 


Ishtirokchilar barcha shartlarda faol qatnashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra "Buxoriy avlodlari" jamoasi eng yuqori ya‘ni 106 ball bilan g‘olib deb topildi. Barcha ishtirokchilar homiylar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 


Jamiyatda ilmu-irfon tarqatishda, xususan ummat tarbiyasida ayollarning o'rni beqiyosdir.  Ta‘lim muassasamiz talabalari bugungi bellashuvda o'z zakovatlarini namoyon qilish orqali ushbu sharafli vazifa sari ildam odimlab ketayotganlarini yana bir bor isbotladilar.

 

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati 

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 69
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 56
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 61
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry