07.01.2024
182

MAROSIMLARDAGI ISROFGARCHILIKLAR



Islom dinida isrof harom qilingan. Undan saqlanishligimiz vojib. Isrofga yo‘l qo‘yish Alloh taoloning ne’matlarini zoye qilishlik. Shu sabab Alloh va uning Rasuli bandalarini qaytargan.

Alloh taolo Qur’oni Karimda marahamat qiladi: “Yenglar, ichinglar, lekin isrof qilmanglar. Alloh isrofgarlarni xush ko‘rmaydi”. Banda xohlaganicha yeb-ichsin. Istagan kiyimini kiysin. Lekin sharti shu-ki, banda isrofga yo‘q qo‘ymasin. Alloh taolo Qur’oni Karimda Fira’vn alayhi la’nani malomat qilib shunday deydi: “U isrofgarlardan edi”. Tug‘yonga ketgan, ne’matning xaddini bilmagan odam bo‘lganligi uchun Alloh taolo uni ana shunday sifatlayapti. 

Tarixda shunday qavmlar bo‘lgan-ki, aynan isrofgarligining sababidan ularning boshlariga balo kelgan. Ne’matni isrof qilish, albatta, bu aqlsizlik, Alloh taologa tug‘yon qilishlik, osiy bo‘lishlik. Chunki banda berilgan ne’matlarga hisob qilinadi. Moddiy yoki nomoddiy bo‘lishidan qat’i nazar banda bu ne’matlarning qadriga yetish kerak”.

Ming afsuski, keyingi vaqtlarda xalqimiz orasida to‘y tantanalarida haddan tashqari isrofga yo‘l qo‘yish,kim o‘zarga to‘y qilish,shuhratparastlikka ruju qo‘yish holatlari kuzatilmoqda. Bundan tashqari, nikoh bazmlarini milliy va diniy qadriyatlarimizga mutlaqo zid bo‘lgan tarzda tashkillashtirish, buning oqibatida ortiqcha dabdaba va riyokorlikka berilish holatlari sodir bo'lmoqda.Shariatimizda joriy bo‘lgan nikoh hamda aqiqa to‘ylarini qarindosh va yaqin qo‘shnilar doirasida, dabdabasiz, isrofgarchiliksiz o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Zero, nikoh to‘yidan maqsad shar’iy nikohni e’lon qilish bo‘lsa, aqiqadan murod jonliq so‘yib, Allohga shukrona keltirishdir.

Motam marosimlarida ham isrofgarchiliklar juda ko'p hollarda kuzatiladi.Islom dinida ,Motam marosimlarini o'tkazishdagi barcha bid'at xurofotlar qoralanadi.Marhumlarga atab, xayru ehson ziyofatlari qilishdan ko‘ra muhtoj oilalarga, mehribonlik uylariga, nogironlar va qariyalar uyiga yoki obodonlashtirish ishlariga moddiy yordam tariqasida berishning afzal ekanligiga imom-xatiblar tomonidan targ'ib etiladi.

Yurtimizda ,ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish uchun bir qancha qonun -tartibotlar amaliyotga tatbiq qilinmoqda.


Demak, har qanday ishda isrofgarchilik qilish bizni shaytonning birodariga aylanishimizga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, yeb-ichishda, pul sarflashda, vaqt ketkazishda va hokazo barcha ishimizda ham me'yorni bilishimiz lozim. 

Xulosa qilib aytganda, biz suvdagi, oziq-ovqatdagi, tahoratdagi, kiyimdagi isroflar bilan bir qatorda umrni va ilmni isrof qilishdan ham saqlanmog'imiz lozim. Chunki Alloh taolo bandasiga bergan eng qadrli ne'matlardan biri umr, uni zoye o‘tkazish Alloga xush kelmaydi. 

Shunday ekan, Alloh taolo barchamizni U bergan ne'matlarni qadriga yetuvchilardan, shukr qilguvchilardan qilsin.

Tayyorladi: 1-kurs talabasi Absattorova Sabina 
Ma'sul ustoz: Ahmedova Muattar

Другие новости

Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 143
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 164
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
BOLALAR ORASIDA ADOLAT QILISH
24.01.2024 176
Bolalar orasida adolat qilish ham ota-ona- ning vazifasi va bolalarning haqqidir.Islom adolat dinidir. U doimo barcha narsada, barcha yerda, barcha uchun adolat bo‘lishining tarafdoridir. Ayniqsa, yosh bolalar uchun. Shuning uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry