ISLOMDAGI G'OYAVIY IXTILOFLAR ,OQIMLAR VA FIRQALAR.
Barchamizga ma'lumki ,Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin ,hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan idora qilindi.Dastlabki ikki xalifa Abu Bakr va Umar ibn Xattob roziyallohu anhumlar davrida ichki nizozlar va turli guruhlarga firqalanishlar bo'lmadi.Ammo , Usmon roziyallohu anhu xalifaligining so'nggi davrlariga kelib hokimiyatga qarshi turli ig'volar, ichki nizolar jiddiylashib ketdi.Oxir-oqibat bir guruh odamlar Usmon roziyallohu anhuning uylariga bostirib kirib ,uni o'ldirdilar.Natijada,Ali ibn Tolib xalifa etib saylandilar va avval, mamlakatning siyosiy ahvolini mo'tadillashtirib ,so'ng xalifa qotillarini topishni afzal bildilar.Ammo Shom voliysi Muoviya Abu Sufyon roziyallohu anho xalifa Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga qarshi chiqadi.Bu ziddiyatlar natijasi o'laroq Iroqning Siffin degan joyida qurolli to'qnashuv yuz beradi.Oqibatda,Xalifalik kimga o'tishi masalasida musulmonlar o'rtasida ilk ixtilof yuz berib,ular 3 toifaga bo'linadilar:
1.Xalifa Ali roziyallohu anhu tarafdorlari .Xalifalik faqat payg'ambar avlodiga meros bo'lishi kerak deb hisoblovchilar -keyinchalik "SHIALAR";
2.Dastlab,Ali roziyallohu anu tarafdori bo'lib,Siffin vkqeasidan so'ng ajralib chiqqanlar-keyinchalik" XORIJIYLAR";
3."Ahli Sunna Val Jamoa".
Islomdagi ilk bid’at, firqachilik va adashish xorijiylar va shialar guruhlarining faoliyatida ko‘zga tashlanadi. Bunday firqalar asosiy ikki masalada yuzaga kelgan:
•Imomat (davlatga rahbarlik)
•Aqidada.
Shuning uchun islomda firqalarga bo‘linish asosan diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb qaraladi. Birinchi xorijiylarning paydo bo‘lishiga ham xalifa Ali siyosatiga qo‘shilmaslik, shialik esa, xalifalik Ali va uning avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak deb hisoblovchilar sabab bo‘ldi. SHu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, islomda firqalarga bo‘linish Payg'ambarimiz Muhammad Sollallohu alayhi vasallamning hadislarida aytib o‘tilgan.
Payg'ambarimiz: "Yahudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax ahlidir», deganlarida, sahobiylar: "Najot topadigan firqa qaysi?", deb so‘raganda Payg‘ambarimz: "Men bilan sahobiylarim tutgan yo‘ldagisi"¹deb javob beradilar.Hadisda aytilgan najot topuchi firqa "Ahli Sunna val Jamoa"
hisoblanadi.
Umuman olganda, islom tarixida vujudga kelgan adashgan firqalarning o‘zlari ham bir necha guruhlarga bo‘linib ketganlar. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi kunda paydo bo‘layotgan islom nomidan ish ko‘rayotgan turli adashgan oqimlar tarixda o‘tgan o‘tmishdoshlarining aqidasini tutib, uni yangicha ko‘rinishda taqdim qilishi kuzatilmoqda. Jumladan, hozirgi kundagi jangari guruhlarning faoliyati o‘tmishdagi xorijiylarning buzg‘unchi amaliyotiga batamom mos keladi. Shu bois ham bugungi kundagi dinni niqob qilib olgan terrorchi guruhlarni «XXI asr xorijiylari» deb atash mumkin.
Tayyorladi: 1-kurs talabasi Absattorova Sabina
Ma'sul ustoz: Gulrux Mansur