24.01.2024
50

BOLALAR ORASIDA ADOLAT QILISH

Bolalar orasida adolat qilish ham ota-ona- ning vazifasi va bolalarning haqqidir.
Islom adolat dinidir. U doimo barcha narsada, barcha yerda, barcha uchun adolat bo‘lishining tarafdoridir. Ayniqsa, yosh bolalar uchun. Shuning uchun ham ota-onalardan bolalari orasida adolatli bo‘lishlari talab qilingan. Bu bolalarning tarbiyasiga ham, shaxsiyatiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ ، قَالَ: انْطَلَقَ بِي أَبِي يَحْمِلُنِي إِلَى رَسُولِ الله ، فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ ، اشْهَدُ أَنّى قَدْ نَحَلْتُ النُّعْمَانَ كَذَا وَكَذَا مِنْ مَالِي، فَقَالَ: أَكُلِّ بَنِيكَ قَدْ نَحَلْتَ مِثْلَ هَذَا؟ قَالَ: لَا، قَالَ: فَأَشْهِدْ عَلَى هَذَا غَيْرِي، ثُمَّ قَالَ: أَيَسُرُّكَ أَنْ يَكُونُوا إِلَيْكَ فِي الْبِرِّ سَوَاءٌ؟ قَالَ: بَلَى، قَالَ: فَلَا إِذًا. وَفِي رِوَايَةٍ: اتَّقُوا اللهَ وَاعْدِلُوا فِي .
No'mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Otam meni ko‘tarib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib bordilar va: «Ey Allohning Rasuli, guvoh bo‘ling, men No'monga o‘z molimdan buni, buni berdim», dedi. «Hamma o‘g‘illaringga shunga o‘xshash berdingmi?» dedilar u zot.
«Yo‘q», dedi.
«Bunga mendan boshqani guvoh qil, dedilar va so‘ngra: - Ularning barchasi senga birdek yaxshilik qilishi seni xursand qiladimi?» dedilar.
«Ha», dedi.
«Unday bo‘lsa, yo‘q!» dedilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Allohga taqvo qilinglar va farzandlaringiz orasida adolatli bo‘linglar», deyilgan.
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Ushbu hadisga binoan, musulmon inson moliyaviy masalalarda o‘z farzandlarining barchasini barobar ko‘rishi kerak bo‘ladi. Agar teng imkoniyatli farzandlarning biriga mol berib, boshqasiga bermasa yoki biriga oz, ikkinchisiga ko‘p bersa, adolatsizlik bo‘ladi. Bolalari orasida hiqdu hasad, fitna kuchayadi.
Agar shar’iy sabab bo‘lsa, ota-ona o‘z bolalaridan biriga ko‘proq, boshqasiga ozroq mol bersa, bo‘ladi. 
Misol uchun, biri bemor, ikkinchisi sog', biri kambag‘al, ikkinchisi boy, birining bolalari ko‘p, ikkinchisiniki oz.
عَنْ إِبْرَاهِيمَ قَالَ: كَانُوا يَسْتَحِبُّونَ أَنْ يَعْدِلُوا بَيْنَ أَوْلَادِهِمْ حَتَّى
فِي الْقُبْلَةِ. رَوَاهُ حُسَيْنُ الْمَرْوَزِيُّ.
Ibrohimdan rivoyat qilinadi:
«Odamlar bolalari orasida, hatto o‘pishda bo‘lsa ham, adolat qilishni yaxshi ko‘rar edilar». 
Husayn Marvaziy rivoyat qilgan.
O‘tgan solihlar hatto bolalarini o‘pishda ham bir xil o‘pishga harakat qilishar edi. Adolatsizlik bo‘lib qolmasin, bittasini ko‘proq yoki yaxshiroq o‘pib qo‘yib, ikkinchisining ko‘ngli sinmasin, degan ma’noda ota-onalar bolalariga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan muomala qilar edilar.
Sahobalar va tobe’inlarning odatlari shunday bo‘lgan ekan. Bolalarga nisbatan adolatli, hammalariga bir xil munosabatda bo‘lish, hammalarini bir xil ko‘rish zarurligini yaxshi anglagan musulmonlarning dastlabki avlodlari, hattoki, bolalarini o‘pishda ham adolat bo‘lishi uchun harakat qilishar ekan.
عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: كَانَ رَجُلٌ عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَجَاءَ ابْنُ لَهُ فَأَقْعَدَهُ عَلَى فَخِذِهِ الْيُمْنَى ثُمَّ جَاءَ ابْن لَهُ آخَرُ أَوْ ابْنَةٌ لَهُ، فَأَقْعَدَهُ عَلَى الْأَرْضِ ، فَقَالَ النَّبِيُّ : لَوْ كُنْتَ سَوْيْتَ بَيْنَهُمَا، فَأَقْعَدَهُ عَلَى فَخِذِهِ. رَوَاهُ حُسَيْنُ الْمَرْوَزِيُّ.
Hasandan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan o‘tirgan edi. Uning bir o‘g‘li keldi va u uni o‘ng soniga o‘tirgizdi. Keyin boshqa o‘g‘li yoki qizi keldi, uni yerga o‘tirg‘izdi.
Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ikkoviga teng muomala qilganingda edi», dedilar.
U unisini ham soniga o‘tirg‘izdi». 
Husayn Marvaziy rivoyat qilgan.


Bolalarning muomalasidagi adolat qanchalik bo‘lishi kerakligi ushbu rivoyatda ochiq ko‘rinib turibdi. Bolalaridan birini quchog‘iga olib, boshqasini yerga o‘tqazish adolat buzilganining alomati ekanidan, Nabiy sollallohu alayhi vasallam otaga nasihat qildilar. Sahobiy roziyallohu anhu darhol ana shu amrni bajo keltirib, ikkinchi bolani ham quchog‘iga oldi.

Mana bu haqiqatlarni ham juda yaxshi anglab olishimiz kerak. Bolalarimizga qiladigan katta-kichik muomalalarimizda adolatli bo‘lishimiz, hattoki, ularni o‘pish yoki quchog‘imizga olishda ham bu haqiqatni unutmasligimiz lozim.
عنِ الْحَسَنِ قَالَ : بَيْنَمَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم جَالِسٌ إِذْ جَاءَ صَبِيٌّ حَتَّى انْتَهَى إِلَى أَبِيهِ فِي نَاحِيَةِ الْقَوْمِ فَمَسَحَ بِرَأْسِهِ وَأَقْعَدَهُ عَلَى فَخِذِهِ الْيُمْنَى فَلَبِثَ سَاعَةٌ ثُمَّ جَاءَتْ ابْنَةٌ لَهُ حَتَّى انْتَهَتْ إِلَيْهِ فَمَسَحَ بِرَأْسِهَا وَأَقْعَدَهَا بِالْأَرْضِ، فَقَالَ النَّبِيُّ : فَهَلا عَلَى فَخِذِكَ الْأُخْرَى فَأَقْعَدَهَا عَلَى
فَخِذِهِ الْأُخْرَى، فَقَالَ: الْآنَ. رَوَاهُ حُسَيْنُ الْمَرْوَزِيُّ.
Hasandan rivoyat kilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘tirgan edilar. Bir bolacha keldi va qavmning bir chekkasida o‘tirgan otasining oldiga bordi. Ota uning boshini siladi va o‘ng soniga o‘tirgizdi. Bir muddat o‘tdi va uning qizchasi kelib, oldiga bordi. U uning boshini silab, yerga o‘tirgizdi.
Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uni narigi soningga o‘tqazganingda edi», dedilar».
Bas, u qizni boshqa soniga o‘tirgizdi. Ul zot:
«Endi yaxshi bo'ldi», - dedilar».
Husayn Marvaziy rivoyat qilgan.
Bu hadis avvalgi rivoyatning bir oz kengroq bayoni ekan. Bu yerda ota o‘z huzuriga kelgan ikkala farzandining ham boshini silagani haqida so‘z ketmoqda, ya’ni ikkisiga bir xil mehr ko‘rsatgan. Faqat ularni o‘tqazishda orada farq sodir bo‘lgan. Ana o‘sha narsa ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamning e’tiborlaridan chetda qolmagan.
عَنْ عَبْدِ الْعَزِيزِ بْنِ عُمَرَ بْنِ عَبْدِ الْعَزِيزِ قَالَ: كَانَ عُمَرُ بْنُ عَبْدِ الْعَزِيزِ لَهُ ابْنٌ مِن امْرَأَةٍ مِنْ كَعْب وَكَانَ يُحِبُّهُ وَيَنَامُ مَعَهُ فِي بَيْتِهِ قَالَ: فَتَعَرَّضْتُ لَهُ لَيْلَةً، فَقَالَ: أَعَبْدُ الْعَزِيزِ؟ قُلْتُ: نَعَمْ، فَقَالَ: شَرُّ مَا جَاءَ بك، أُدْخُلُ. فَدَخَلْتُ، فَجَلَسْتُ عِنْدَ شَاذْكُونِيَةٍ وَهُوَ يُصَلِّي فَانْتَفَضَ كَأَنَّهُ مَصْهُ مِنْ لَدُنْ ظُفْرِهِ إِلَى شَعْرِهِ، فَظَنَنْتُ أَنَّهُ مَرْ بِآيَةٍ ثُمَّ رَكَعَ، فَأَتَانِي فَقَالَ: مَا لَكَ؟ فَقُلْتُ لَهُ: الرَّجُلُ وَإِنَّكَ لَتَصْنَعُ بِابْنِ الْحَارِثِيَّةِ مَا لَا تَصْنَعُ بِنَا، وَلَسْتُ آمَنُ أَنْ يُقَالَ هَذَا مِنْ شَيْءٍ يَرَاهُ عِنْدَهُ وَلَا يَرَاهُ عِنْدَهُمْ، فَقَالَ: أَعَلَّمَكَ هَذَا أَحَدٌ؟ فَقُلْتُ: لَا ، فَأَعَادَ عَلَيَّ عَلَيْهِ، فَقَالَ: ارْجِعْ إِلَى مَبِيتِكَ، فَرَجَعْتُ، فَكُنْتُ أَبِيتُ أَنَا وَإِبْرَاهِيمُ وَعَاصِمٌ وَعَبْدُ اللَّهِ جَمِيعًا، فَإِذَا نَحْنُ بِفِرَاشِ يَحْمِلُ يَتَّبِعُهُ ابْنُ الْحَارِثِيَّةِ، فَقُلْنَا: مَا شَأْنُكَ؟ قَالَ: شَأْنِي مَا صَنَعْتَ قَالَ نُعَيْمٌ: كَأَنَّهُ خَشِيَ بي. أَنْ يَكُونَ جَوْرًا، قَالَ عَبْدُ العَزِيزِ: فَكَانَ عُمَرُ قَلْ مَا يُفَارِقُ الدَّارَ إِلَّا
مَا شَاءَ اللَّهُ بِهِ. رَوَاهُ حُسَيْنُ الْمَرْوَزِيُّ.
فَأَعَدْتُ
Abdulaziz ibn Umar ibn Abdulazizdan rivoyat qilinadi:
«Umar ibn Abdulazizning Ka’b qabilasilik xotinidan o‘g‘li bor edi. U o‘sha o‘g‘lini yaxshi ko‘rar va o‘zi bilan birga uyida olib yotar edi. Bir kecha uning oldiga bordim.
«Abdulazizmisan?» - dedi u.
«Ha», - dedim.
«Seni qaysi yomonlik keltirdi? Kir!» - dedi.
Kirib, Shozkuniya oldiga o‘tirdim. U namoz o‘qiyotgan ekan. Qattiq titrab ketdi. Xuddi tirnog'ining uchidan sochigacha titradi. Men, biror oyatni o‘qib o‘tdi shekilli, dedim. Keyin ruku qildi. Oldimga kelib:
«Senga nima bo‘ldi?» -dedi. Men unga:
«Hoy kishi! Horisiyaning o‘g‘liga bizga qilmagan narsalarni qilyapsiz», dedim.
Shu bilan birga, bu unda ko‘rayotgan va ularda ko‘rmayotgan narsa uchun shunday bo‘lmoqda, deyilishidan emin emas edim.
«Buni senga birov o‘rgatdimi?» - dedi. «Yo‘q», - dedim.
Yana qaytarib so‘radi. Men ham gapimni qaytardim.
«Yotog‘ingga qayt», - dedi.
Men qaytib ketdim. Men, Ibrohim, Osim va Abdulloh bir yotoqxonada yotar edik. Shu payt birov ko‘rpa-to‘shak ko‘tarib kelayotganini ko‘rib qoldik. Qarasak, Horisiyaning o‘g‘li ekan.

«Senga nima bo‘ldi?» - dedik.
«Sen nima qilgan bo‘lsang, shu bo‘ldi!» - dedi.
Nu’aym:
«Unga jabr bo‘lishidan qo‘rqdi», -dedi. Abdulaziz:
«Umar hovlidan uzoqqa chiqmas edi. Illo, Alloh istaganicha», - dedi.
Husayn Marvaziy rivoyat qilgan.
Bu rivoyat bolalarining orasidagi adolat, erkinnik va hammalarining bir xil vaziyatda o‘sib borishlarini ta’minlash muhimligini ko‘rsatadi.
Ba’zi holatlarda Umar ibn Abdulazizdek ulug‘ zotlarda ham, turli sabablarga ko‘ra, ushbu rivoyatdagiga o‘xshash nuqsonlar sodir bo‘lib turadi. Ammo ulug‘larning ulug‘ligi o‘zidagi nuqsonni anglab yetishi bilan darhol uni tuzatishlaridir. Umar ibn Abdulaziz rohmatullohi alayhi kichik yoshdagi o‘g‘lidan o‘zining farzandlari orasidagi muomalasida adolatsizlikka yo‘l qo‘ygani haqida tanbeh va shikoyat eshitdi. Ammo, bolaga: «Bor, yo‘qol! Sen zumrasha nimani bilar eding», demadi. Aksincha, darhol nuqsonni to‘g‘irladi.
Bunday ulug‘vor ishlar barchamizga o‘rnak va namuna bo‘lishi, barchamiz ularga amal qilishimiz lozim.

Bu ma'lumot  Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Baxtiyor oila" kitoblaridan olindi.

Tayyorladi: 2-kurs Abdulmutalibova Soliha 
Ma'sul ustoz: Ahmedova Muattar

Другие новости

Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 46
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 52
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
ISLOMDAGI G'OYAVIY IXTILOFLAR ,OQIMLAR VA FIRQALAR.
23.01.2024 57
Barchamizga ma'lumki ,Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin ,hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan idora qilindi.Dastlabki ikki xalifa Abu Bakr va Umar ibn Xattob roziyallohu anhumlar davrida ichki nizozlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry