10.02.2022
273

FAQIHLIK MUHADDISLIKDAN A'LODIR

Diniy ilmga rag'bati bor yoshlar orasida "Rasulullohning hadislari turganda falonchi faqihning fatvosiga ergashamizmi?!" kabi nojoiz so'zlar quloqqa chalinadi. Bu aslida soxta salafiylar tarafidan xalq orasiga suqib kirgizilgan fitnadir. Shuning natijasida fiqh ilmi va faqihlarga nisbatan hurmatsizlik shakllanib bormoqda. Ayniqsa, o'zini "ahli hadis" deb tanishtiruvchi mazhabsizlar orasida bu hol ko'p uchraydi. Aslida esa fiqh ilmi hadisshunoslikdan, faqih esa muhaddisdan ustundir!

Bu ustunlikni ko'p muhaddislar e'tirof etishgan. Jumladan, hadisshunos olim, ulamolar ustozi Imom A'mash r.a. faqihlarni qadrini muhaddislardan baland ekani, hadislarning asl mazmun-mohiyatini hadisshunoslardan ko'ra faqihlar teranroq anglashlarini e'tirof etganlar. 

Imom A'mash r.a.dan bir fiqhiy masala borasida yechim so'rashadi.  U kishi esa : "Buning javobini No'mon ibn Sobit yaxshi biladi. Uning bu borada barakali ilmga ega deb bilaman", deb javob berganlar ("Al-Xayrotul hison" kitobidan).

Bir kuni Imom A'mash va  Abu Hanifaga "Falon masalada fikringiz qanday" deb savol berildi. Abu Hanifa javob qildi. A'mash xayron qolib, "Buni qayerdan bilasiz?" deb so'radi. U : "Siz rivoyat qilgan falon hadisdan", dedi. Shunda Imom A'mash : "Ey fuqaho! Sizlar go'yo tabibsiz! Biz esa oddiy dorishunosmiz, xolos", deb aytdi. (Imom Ibn Hibbon, "Kitabus siqot").

Imom Abu Yusuf r.a. aytadi: "Imom A'mash mendan bir masala so'radi. Javobini batafsil aytib berdim. U "buni nimaga asoslanib aytyapsan?" dedi. "Siz rivoyat qilgan falon hadisga asosan", deb o'sha hadisni ham aytib berdim. Shunda u dediki: Ey Ya'qub, bu hadisni yod olganimda hali otang bilan onang birlashmagan edi. Lekin uning ta'vilini mana bugun sendan anglab yetdim" ("Axbaru Abu Hanifa va ashobih" kitobidan).

Imom Omir Sha'biy aytadilar: "Biz faqih emasmiz, balki hadislarni tinglab, yodlab faqihlarga yetkazib bergan roviylarmiz, xolos" ("At-Taqlidush shar'iy va ahamiyatuhu fil islam" kitobidan).

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta 

maxsus islom ta’lim muassasasi

 o’qituvchisi F.Ibrohimova

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 172
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 198
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 373
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry