16.02.2022
224

MUASSASAMIZDA TADBIR

“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR O’RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASIDA TADBIR

 

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida tadbir tashkil etildi.

 

Joriy yilning 14 fevral kuni “Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi” va “Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi” munosabati bilan 2-kurs talaba qizlari ishtirokida “Navoiyxonlik va Boburxonlik kechasi” bo’lib o’tdi. 

Tadbir Qur’on tilovati bilan boshlanib, Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub she’r va g’azallar bilan davom etdi. Shunindek, ikki buyuk siymoning bebaho merosi hamda ularning mazmunli hayot yo’li haqidagi bilimlarini sinash maqsadida savol-javob viktorinasi ham o’tkazildi. Ushbu g’azalxonlik kechasida Alisher Navoiy haqidagi videorolik ham namoyish etildi.

Tadbir so’ngida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga oid bahru-bayt aytish musobaqasi tashkil qilinib, unda 2-kurs talabasi Muzaffarxonova Robiya g’olib deb topildi.

Bu g’azalxonlik kechasi barchaga ko’tarinki kayfiyatta baxsh etdi.

 

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha

 direktor oʻrinbosari  Z.Komiljonova

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 78
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 66
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 68
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry