16.02.2022
372

Kitob- qalblar bezagi

 

Alloh taolo Qur`oni karimni Jabroil alayhissalom vositasida Sayyidimiz Muhammad solallohu alayhi vasallamga O`zining huzurida qanday bo`lsa, shunday vahiy qilgan.

         Qur`oni karimning ilk oyatida ma`naviy mo`jiza o`z aksini topgandir. Bu so`z “Iqro” – “O`qi!” so`zidir.

Bu xitob o`qishga va ilmga da`vatdir va islom o`zining birinchi lahzalaridan  boshlab ilm tarqatish, jaholatni yo`qotish uchun kelganidan nishonadir.

 Kitoblar shubhasiz bilimlar xazinasidir.

Arab xalq maqollaridan birida, “Hayoti davomida birgina kitob o`qigan odamlardan qo`rqing!”, deyilgan.

Kitob qalblar bezagi deb bejizga aytilmagan. Kitob o`qishning foydasi juda ko`p. Kitob o‘qiydigan odamning so‘z boyligi katta bo‘ladi. Kitob o‘qish boshqa odamlar bilan muloqot qilishga yordam beradi. Ya’ni kitob o‘qigan odam o‘z fikrlarini chiroyli, aniq, yorqin ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. Kitob o‘qish insonni dadillashtiradi. Kitob o‘qigan insonning o‘ziga ishonchi kattaroq bo‘ladi. Chunki kitobdan olgan ilmlari unga madad beradi. Kitob o‘qish natijasida xotira va fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Tafakkurni rivojlantirish kitob o‘qishning eng samarali xususiyatidir. 

Kitob eng yaqin do’stlardan biridir. Biz savollarga kitoblar orqali javoblar topamiz, kitoblar fikrlash uchun oziq-ovqat beradi, kitoblar insonni tarbiyalaydi.

O‘qish yangi va noyob fikrlar tug‘ilishiga yordam beradi. Shuningdek, mutolaa bizning dunyoqarashimizni boyitadi. Inson o‘qish orqali yangi fikrlar va yorqin g‘oyalar oladi. Inson o‘zi bilmagan holda ilhomlanib o‘qishi, yangi va o‘zgacha fikrlar yuzaga kelishiga turtki beradi. O‘qish inson fikrini jamlaydi va diqqat markazini oshiradi. Mutolaa jarayonida, o‘qigan hikoya va asarga butun diqqat-e’tibor qaratiladi. Inson boshqa ishlardan ko‘ra kitobga ko‘proq diqqat qiladi. Inson miyasi bir vaqtning o‘zida turli faoliyatlar bilan shug‘ullana olmaydi. Shu sababli ko‘p o‘qigan odamning diqqatini bir joyga to‘plash ancha oson kechadi. O‘qish tasavvurni oshiradi. Biz o‘zimizga notanish bo‘lgan joylar haqida o‘qiganimizda, idrokimiz tasavvurlarimiz ishga tushib tasvirlarni miyamizda yarata boshlaydi va shu orqali xotiramizda tasvirlar saqlanib boradi. Binobarin, idrokimizning tasavvur qilishi va yaratuvchanligi kitob o‘qish orqali mustahkamlanib boradi.

 O‘qish chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi. Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi. Xorijiy tilni o‘rganayotgan kishi o‘sha tilning adabiyotlarini muntazam o‘qishi orqali o‘sha tilni qisqa fursatda o‘zlashtirishi mumkinligi olimlar tomonidan isbotlangan.

O‘qish til mahoratimizni yaxshilaydi. Xorijiy tilda biror adabiyotni o‘qish dastlab katta harakat talab etadi, lekin bu bizning so‘z boyligimiz oshishiga xizmat qiladi. Boshqa tilni tushunishda ba’zan uning turli qismlarini tarjima qilishga ehtiyoj seziladi va ular lug‘atdan qidiriladi. Kitob o‘qish nafaqat so‘z boyligini balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi. Qaysi tilda o‘qishdan qat’iy nazar, mutolaa orqali gapning konteksti qay tarzda yasalishini o‘rganish mumkin bo‘ladi.

Birgalikda kitob o‘qish ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilaydi. Inson o‘z farzandini kitob mutolaasiga o‘rgatar ekan, avvalo o‘zi ham bu ishda o‘rnak bo‘lishi kerak. 

Kitob umr yo`llarimizni yorituvchi so`nmas nur, hayotimizga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo`luvchi sodiq do`stimizdir. 

 

 

 Xadichai Kubro ayol-qizlar 

o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 

o’qituvchisi Ismatullayeva Nazira

Другие новости

9-MAY SANASI
08.05.2025 19
9-may sanasi — Buyuk Vatan urushi qatnashchilarini, o‘z Vatanini himoya qilishda hayotini fido qilgan ajdodlarimizni yod etish uchun ajratilgan muqaddas kun hisoblanadi. Bu kun qahramonlik, fidoyilik va Vatanga muhabbat ramzi...
Подробнее
9-may yod etish va duo qilish
08.05.2025 18
9-may kuni Vatan uchun jonini fido qilganlarni yod etish, ularning jasoratini qadrlash va ular uchun duo qilish musulmonlar uchun muhim vazifadir.Urushda vafot etganlar uchun duo qilish, ularning oxiratda mukofot topishlari...
Подробнее
KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 286
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry