18.02.2022
302

Abdulloh Zufarning “maqsadli hayot targʻiboti”ga raddiya (1-qism)

Ijtimoiy tarmoqlarda Abduloh Zufarning “maqsadli hayot targʻiboti” mazmunidagi audio darslari keng tarqaldi. Audio darsdagi Abdulloh Zufarning ayrim iboralarini koʻrib chiqsak.

Nima emishki, “....jihodni qoʻrqinchli narsa deb koʻrsatadi”, biron islom manbalari bormi, unda urush va jihodda yaxshilik va taraqqiyot bor, yohud sunnatda Rasullullohning (s.a.v.) farzandlar va yosh avlodni jihod gʻoyalari bilan ulgʻaytirish mazmunidagi koʻrsatmalari berilgan boʻlsa. Zero Qur’oni karimning Moida surasi 2-oyatida: 

وَتَعَاوَنُواْ عَلَى ٱلۡبِرِّ وَٱلتَّقۡوَىٰۖ وَلَا تَعَاوَنُواْ عَلَى ٱلۡإِثۡمِ وَٱلۡعُدۡوَٰنِۚ ...

Ezgulik va taqvo (yo'li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo'li)da hamkorlik qilmangiz!”

 Islom tarixida jihodga boʻlgan targʻibot musulmonlarga koʻrsatilgan noinsoniy munosabat, moliyaviy va maʼnaviy tazyiqdan soʻng amr qilinganini koʻrmaymizmi?! Urush natijasida islomni ilm bilan takomillashtirish, dunyoni tadqiq etish orqali Allohning moʻjizalarini tanish, moʻmin-musulmonlarning zamonaviy muammolarini bartaraf etish, ularning munosib hayot kechirishi va ibodat qilishlari uchun shart-sharoit yaratish kabi tom maʼnodagi ijobiy faoliyatlar toʻxtab qolmaydimi?!

“...bemaʼni internet”. Internet asli ochiq atmosfera kabidir. Unda havo ham, gʻubor ham mavjud. Internet bemaʼni uchun haqiqatda bemaʼni, behayo uchun haqiqatda behayo, olim va zakiy odam uchun ilm vositasi, umumiy maʼnoda nimani maqsad qilsang shunga erishish vositasidir. Ha, internetning bemaʼniligidan Abdulloh Zufarning ahmoqona targʻibotidan qancha-qanchadan auditoriya zaxarlanib oʻtiripdi, afsus. Tabiiy savol tugʻiladi, nima uchun bu “... bemaʼni internet”dan Abdulloh Zufarning oʻzi piyari va targʻiboti uchun foydalanmoqda?!

“.....jihod insonga maqsad beradi”.  Ruhiy nosogʻlom insongina “urush va jihod insonga hayotda maqsad va gʻoya beradi” deya oladi. Yaratgan Alloh bizni faqat jihod uchun yaratgan boʻlsa, nima uchun insonga aql, zakovat, tafakkur, iymon, qalb, hissiyot va muhabbat berdi? Jihod uchun bu neʼmatlarning nima keragi bor edi, agar u faqat qurol koʻtarib, oson boshqariluvchi odam boʻlsa? Nahot inson ojiz ongi bilan Yaratganning hikmatini shunchalik tor baholasa. Hayhot ne zamonlarga keldik?! 

“....toʻgʻri, islom qoʻrqinchli”. “Islom” oʻz nomi bilan “tinchlik dinidir”. Lekin ayrim musulmonlar unga qoʻrqinchli tus berayotgani achinarli holatdir. Aksar yosh avlodning turli tillarni yuksak oʻzlashtirishi, tabiiy fanlar yoʻnalishidagi ilgʻorligi, axborot texnologiyalari sohasidagi tashabbuskorligi, sport va boshqa ilmiy-madaniy yoʻnalishlardagi peshqadamligi islom dini va musulmonlar taraqqiyotiga benazir hissa qoʻshmoqda. Qur’oni karimda “ilm” so’zi 765 marotaba takrorlangan. Islom dini faqat jihod bilan qadrlangan bo’lsa, nechun Alloh “ilm”so’zini buncha takrorlapdi ekan:

يَرۡفَعِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمۡ وَٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡعِلۡمَ دَرَجَٰتٖۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرٞ

Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur…”. (Mujodala, 11-oyat). 

Qarankki, ilm va imon egalariga yuksak darajalarni ham va’da qilyapdi.  Afsus bugungi kunda shunday toifalar paydo boʻldiki, islomni qoloq, qoʻrqinchli, zamona va yetuklikdan ortda qolgan qilib koʻrsatmoqdalar. Bu bilan mazkur toifalar asliyatni koʻrsatishi emas, balki oʻzlarining gʻarazli  (maqsadli siyosiy) niyatlarini amalga oshirish uchun oʻzlariga ongsiz, itoatli va oson boshqariluvchi  hamrohlarining ( yani piyodalar) qatorini kengaytirmoqchilar xolos.

Davomi bor… 

 

N.Ibragimova, muassasa direktori

 

 

   

 

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 191
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 221
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 404
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry