18.02.2022
433

ZAMONAVIY TEJAMKOR USUL: “TIME MANAGEMENT”

Time management lafzi ingiliz tilidan tarjima qilganda “vaqtni boshqarish” deganidir. Ushbu birikma arab tilida إدارة الوقت, rus tilida esa “Управление временем” iboralari bilan ifodalanadi.

Ko‘pchiligimizning yashash sur’atini xotirjam va bir maromda deb atash qiyin. Yugur-yugur ko‘pligidan vaqt yetishmasligi barchamizga tanish holat. Hech kim sutkaning 25-soatini yarata olmaydi. Stress yoki, undanam yomoni, surunkali charchoq qurboniga aylanmaslik uchun, albatta vaqtni to‘g‘ri taqsimlay ola bilish lozim. Vaqtni boshqarishning eng oddiy usuli reja tuzishdir. Xo‘sh, reja qanday tuziladi?

1-variant

1. Kundalik reja tuzing.

Hayotda muvaffaqiyatga erishgan kishilar reja tuzishga ko‘p vaqt ajratadi. Kundalik reja unumdorlikni oshirish va vaqtni samarali boshqarish garovidir.

2. Rejalarni qog‘ozga tushiring.

Qilinadigan ishlar ro’yxati sizga xarita bo‘lib xizmat qilsinki, siz belgilangan maqsad sari yo‘ldan adashmang.

3. Kechqurun reja tuzib qo‘ying.

Har kuni kechqurun ertangi kun vazifalarini belgilab oling. Tongda turiboq, mo‘ljallangan ishlarga kirishing.

4. Muhim narsalarni ajrata biling.

“Time-management” ning vazifasi vaqtida asosiy ishni aniqlashdan iboratdir. Birinchi darajali vazifalarni keyingi darajadagilardan, muhim ishlarni keraksiz ishlardan ajrata biling. Ro‘yxatdagi ishlaringiz tartibi ularning darajasiga bog‘liq bo‘lsin.

5. “Yo‘q” deyishni o‘rganing.

Siz uchun muhim vazifalar ro‘yxatida bo‘lmagan ishlarni rad etish va “yo‘q” deyishni o‘rganing.

6. Vaqtingizni “yeydigan” narsalardan qutuling.

O‘z ish vaqtingiz va bo‘sh paytingizni nimalarga sarflayotganingizga e’tibor bering. Vaqtingizni “yeb” qo‘yayotgan mashg‘ulotlar (masalan, hamkasblar bilan yangiliklarni muhokama qilish, maqsadsiz televizor ko‘rish, reklama varaqlarini o‘qish)dan xoli bo‘lishga harakat qiling. Bunday keraksiz mashg‘ulotlar ro‘yxatini tuzib, “Bularni boshqa hech qachon qilmayman” degan sarlavha qo‘yish yodingizdan chiqmasin.

2-variant

Harakatlaringizni rejalashtiring. Bu juda oddiy. Ertangi kuningiz uchun bajarish kerak bo’lgan ishlarni daftarga yozib chiqing. Ushbu ishlarni 4 guruhga bo’ling. Bu guruhlar quyidagicha:

 - Shoshilinch va muhim;

 - Muhim, ammo shoshilinch emas;

 - Shoshilinch, ammo juda muhim emas;

 - Ahamiyatsiz va shoshilinch bo’lmagan;

Bajariladigan ishlarni ushbu kategoriyalar bo’yicha bo’lib chiqamiz va kun oxirida ushbu ishlarni holatini tekshiramiz. 

Haftada 7 kun ishlash kerak emas. O’z vaqtida ishlab, bilim olib va oila davrasida dam ham bilsak, shundagina huddi boshqalar kabi 2-3 oy ichida oila bilan dam olish uchun chet el yoki boshqa vilayotlarga borib xordiq chiqarib kelishni o’rganamiz. Hammasi o’zingizga bog’liq, maqsadlar va rejalar qo’yib olsangiz bo’ldi.[1]

Endi arab tilida vaqtni to’g’ri taqsimlash borasida manbalardan tarjima qilingan ma’lumotlarni taqdim etamiz.

  1. Vaqtni boshqarishni to’g’ri tushuna olish;
  2. Vaqtni boshqarishning ahamiyati;
  3. Vaqtni boshqarishning muhim sirlari;
  4. Amaliy usulda vaqtni boshqarish qadamlari;

Vaqt inson hayotida o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqara olish va vaqt bu ikkisi o’ta muhim unsurlardandir. Shunday jihatdanki, vaqtni boshqara olishni bilish orqali ko’zlangan maqsadlarni amalga oshirish va ko’p ishlarni qisqa muddatda qila olish imkoniyati paydo bo’ladi. Vaqtni boshqarishning bir qancha usullari bor. Ularning barchasi qisqa muddatda oson yo’l bilan samarali natijaga erishishni o’z ichiga oladi. Va yana vaqtni idora qila olish kishining shaxsiy hayoti va faoliyati o’rtasini to’g’ri ajrata bilish va ko’zlangan maqasadlarga to’la-to’kis yetishish imkonini beradi. 

Vaqtni boshqara olish ahamiyati: 

  • Jamiyatlarning taraqqiy topishga, korxona va muassasalarning rivojlanishiga ko’mak beradi;
  • Raqobat va ishlab chiqarishni rivojlanishiga sabab bo’ladi;
  • Ishlarning tezkorligini ta’minlaydi;
  • Har bir ishda xossatan o’ziga e’tibor berib boshqa narsalarga chalg’imaslikni o’rgatadi;

   Quyida o’rinda to’g’ri boshqara olishga yordam beradigan amaliy va muvaffaqiyatli vositalarni keltirib o’tamiz:

  • Hafta kunlarida faol ishlay oladigan kuningizni belgilab oling;
  • Yozib borish. Rejangiz 2 xil bo’lsin. Har kun uchun tuzilgani va uzoq muddat uchun tuzilgani bo’lishi kerak. Har kuni qilishingiz kerak bo’lgan ishlarni kunning avvalida yoki bir kun oldin reja qilib yozib oling. 
  • Maqsadlar va eng muhim bo’lgan ishlarni birinchi o’ringa qo’ying;
  • Ish davomida ehtiyotkorlikni lozim tuting;
  • Faol bo’ling. Faol bo’lish ishni samarasini tezlatadi;
  • Biror ishni qilmoqch bo’lsangiz uni charchagan vaqtingizda qilmang;
  • Rejalar qisqa va lo’nda bo’lsin. Qisqa narsada aniqlik bo’ladi. Uni tushunish ham oson bo’ladi. 

Amaliy usulda vaqtni boshqarish qadamlari. 

  • Eng muhim ishlar, puxta reja yozish, maqsad aniqligi. Agar maqsad aniq bo’lsayu reja puxta bo’lmasa vaqt unumli bo’lmaydi.
  • Kunlik muhim ishlarni yozib qo’yish. Dam olishga ham vaqt ajratish.
  • Mas’uliyatdan qochish, orqaga surish kabi illatlardan saqlanish.[2]

Shuni unutmangki, birinchi o‘rinda siz va sizning hayotingizdagi muhim insonlar turishi kerak. Bu uchun o‘z samaradorligingiz ustida ter to‘ksangiz arziydi.

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 

o’qituvchisi Axmedova Muattar

 

 


 

[1] Vaqtni to’g’ri taqsimlash. Video dars. Otabek Mahkamov. MFaktor 31-son. 04.11.2019.

[2] Ma’lumot arab saytidan tarjima qilindi. mattn.com. Muallif Abeer Mohamed. 2019-yil. 23-sentabr.

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 168
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 283
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 274
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry