MUASSASAMIZDA DAVRA SUHBATI
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida
davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 22 fevral kunlari ta’lim muassasasida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” g’oyasi asosida “Biz jinoyatchilik va aqidaparastlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini DIQning Uchtepa tumani bosh mutaxassisi Dilfuza Egamova, “O’rikzor” MFY xotin-qizlar bo’yicha mutaxassis Zulfiya Saidxodjiyeva, Uchtepa tuman IIO FMB “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” bo’limi tezkor vakili A.Abdiyeva, O’zbekiston Respublikasi DXX Uchtepa tuman bo’limi xodimi D.Rajabova, “O’rikzor” MFY otinoyisi S.Hasanova, Uchtepa tuman 3-IIB XTB XQMB kata inspektorlari leytenant T.X.Xudjayeva va mayor Sh.R. Abdukarimovalar olib borishdi.
Suhbat davomida bugungi kunda yoshlar orasida uchrayotgan turli jinoyatlar, yosh nikoh, turli oqimlarga aldanib qolish sabablari va unda ayol omili, hozirda tarqalgan va hanafiy mazhabiga yot bo’lgan g’oyalarni targ’ib qilayotgan soxta salafiylar, jihod, shahidlik tushunchalarining asliyat va talqini haqida batafsil ma’lumot berib hayotiy misollar asosida tushuntirildi.
Suhbat so’ngida talaba qizlar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Suhbat juda mazmunli va foydali bo’ldi.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha
direktor oʻrinbosari Z.Komiljonova