24.02.2022
284

Abdulloh Zufarning “maqsadli hayot targʻiboti”ga raddiya (2-qism)

“Kim ilm oʻrganishga chiqish 

jihod emas desa, uning aqli va 

fikrida noqislik bor ekan”. 

Abu Dardo (r.a.)

 

Inson oliy mavjudod ekan,  Yaratgan zot uning uchun butun olamni yaratib, unga hizmat qildirib qoʻydi. Nima qilish keragu, nimadan uzoqlashish lozimligi, uning zimmasiga nimalar yuklatilganigacha bizga oʻz Kalomida saboq berdi. Alloh taolo insonning  munosib hayot kechirishi va dunyo-yu oxirat neʼmatlaridan rizqlanishini oʻziga ixtiyor qilib berdi. Shunday ekan, sof islom meʼyorlari ezgulik va bunyodkorlik asosiga qurilganini koʻrish mumkin. 

Ayrim toifa aʼzolarining “... jihodda qurol koʻtarib chiqqan bolaning hayotda maqsadi bor” degan fikrlariga qarshi fikrni muallifning oʻzi nutqida berib oʻtdi. Bolaning yoshligidan suzish, kamondan otish, shuningdek, boshqa bir qancha maqsadli hunarlarga yoʻnaltirishi kerakligi taʼkidlandi. 

Guruch ostida kurmaklari boʻlgani kabi zamonamiz yoshlari orasida ham “cellomaniya” kasaliga duchor boʻlgan va juda ozchilikni tashkil etuvchi bekorchi yoshlar borligini inkor etib boʻlmaydi. Aynan mana shu yoshlar guruhi yetarli ilm sohibi boʻlmaganliklari sababli ham oʻzganing taʼsiriga beriluvchi va oson boshqariluvchi xalq vakillariga aynanayotgani achinarli holat. 

Ammo ... negadur bu toifalar tomonidan yoshligidan xofizi Qurʼon boʻlganlar, mental matematika va boshqa tabiiy fanlar boʻyicha dunyo olimpiada gʻoliblariga aylanayotgan yoshlar, turli xorij tillarini mukammal oʻzlashtirgan va mustaqil fikr egalari eʼtirof etilmayapdi. Afsus savollar koʻp!

 “... muammoning yechimi yoshlarga jihod gʻoyasini singdirish”. Jihod gʻoyasi islom tarixida zulm qilganlar va birinchi urush ochganlarga nisbatan oxirgi chora sifatida qoʻllanilganini Qurʼoni karimning “Haj” surasi 39 oyatida koʻrishimiz mumkin:

أُذِنَ لِلَّذِينَ يُقَٰتَلُونَ بِأَنَّهُمۡ ظُلِمُواْۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ نَصۡرِهِمۡ لَقَدِيرٌ

“Hujumga uchrayotgan zotlarga mazlum boʻlganlari sababli (jang qilish) izni berildi. Albatta Alloh ularni gʻolib qilishga qodirdir”. 

Tafsirga oid manbalarda mazkur oyat musulmonlarni himoya qilish va  sahobalarga qaratilgan turli tazyiqlarni oldini olish maqsadida urush ochishga ruxsat berilgani keltiriladi. Bugungi kunimizda esa biz musulmonlarga alhamdu lillah hech qanday tazyiq ham, zulm ham koʻrsatilayotgani yoʻq. Demak, bu targʻibot -  yoshlarimizga din asosini tashkil etuvchi gʻoyalarini emas, balki muhofaza oʻrnida qoʻllanilgan ikkilamchi choraga bo’lgan daʼvat asossiz. 

“... faxrlangan tarixni yomon koʻrsatmoq”. Sahobalar va salafi solihlar tarixda jihod qilishga targʻiboti jangda qurol koʻtarish bilan emas, balki osorlarda ilm va kasbni egallashdagi mashaqqat yoki nafsni jilovlash mavzusida boʻlganini  quyida koʻrishimiz mumkin:

  •  Hasan Basriy: “Jannat hurlarining mahri masjidni supurish va uni obod qilishdir”; 
  • Ali (r.a): “Ilm talab qilgan kishining talabida jannat boʻladi. Gunoh talab etgan odamning talabida doʻzax boʻladi”;
  • Ali (r.a.) yana aytadilar: “Olim kishi kechalari qoyim, kunduzlari roʻzador mujohiddan afzaldir. Olim vafot etsa, Islomda bir yoriq paydo boʻladi. U yoriqni faqat olimning oʻrinbosarigina toʻldiradi”. 

Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, bunyodkorlik va hamjihatlilik bu bizga berilgan buyuk neʼmatdir. Zero Umar Ibn Hattob (r.a.) aytganlaridek: “Neʻmatning zavol topishi uning qadriga yetmay, mensimaslikdan koʻra kattaroq sabab yoʻq”. 

Xulosa oʻrnida aytamizki, mantiq va gʻoya bilan yashashni daʼvo qilayotgan bu insonning bir gapi keyingisiga, bir ishi boshqasiga xilof boʻlyapdi. Oʻz fikrini oʻzi mansuh qiladigan bu “Nosih olim”ga qoʻloq solish va unda hukm olish oʻrinlari to’g’rimikin?!

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 172
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 198
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 373
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry