25.02.2022
216

MUASSASAMIZDA TADBIR

 

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Arab tili – jannat tili” nomli tadbir tashkil etildi.

 

Joriy yilning 23 fevral kuni 3-va 4-kurslar orasida “Arab tili – jannat tili” nomli musobaqa tadbir tashkil etildi.

Musobaqa tarzida tashkil etilgan tadbir Qur’on tilovati bilan boshlandi. Musobaqa shartlari va hay’at a’zolari e’lon qilinganidan so’ng, uchta guruh – “Mabniylar”, “Mushtoqlar” va “Jomidlar” orasida birinchi shart e’lon qilindi. Shartlar bo’yicha natijalar hisoblangunicha barcha diniy bilimlarni egallash uchun eng avvalo arab tili zarurligi e’tirof etilgan sahna ko’rinishi 4 pardaga bo’lib namoyish etildi. Sahna ko’rinishi va navbatdagi shart bo’yicha ballar hisoblanguncha tomoshabinlar orasida arab tilidan bilimlarini sinash maqsadida savol-javob viktorinasi o’tkazildi. 

Tadbirda “Mabniylar” guruhi 175 ball bilan 4 shart bo’yicha g’olib deb topildi va barcha guruh ishtirokchilari  esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

 

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha

 direktor oʻrinbosari  Z.Komiljonova

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 78
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 65
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 67
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry