O'zbek matonatini sinovli kunlar buka olmas
25 yanvar kuni O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida, Qirg‘izistonning Norin, Bishkek, O‘sh va Issiqko‘l, Qozog‘istonning Olmaota, Chimkent, Taroz, Jambil va Turkiston viloyatlarida elektr ta’minotidan uzilish holati kuzatildi. Bu esa ushbu hududlardagi jami 40 milliondan ziyod aholi hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
O‘zbekistonning qator viloyatlarida 25 yanvar kuni soat 11:00 larda elektr energiyasi ta’minoti uzilgani sabab Toshkent metropoliteni faoliyati vaqtincha to‘xtagandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi metro vagonlari ichida qolib ketgan fuqarolar olib chiqilganini ma’lum qildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari elektr energiyasi ta’minotidagi ommaviy uzilishlar sababli to‘xtab qolgan Chimyondagi osma yo‘ldan 20 nafar, Bildirsoydagi osma yo‘ldan esa 60 kishini evakuatsiya qildilar.
Elektr ta'minoti vaqtincha uzilishi sababli yo'llarda avtomobillar tirbandligi kelib chiqdi. Avtomobil yo'llaridagi tartibsizliklarni oldini olish maqsadida yo'l patrul xizmati xodimlari svetoforlar o'rniga nazoratni o'z qo'llariga oldilar.
Masjidlarda imomlarimiz aholini sabr-matonat, o'zaro yaxshilikka chaqiruvchi mav'izalarni olib bordilar
Bundan avval ham boshqa mamlakatlarda bunday blecaut hodisalari kuzatilgan va bu holat aholining vahimaga tushishiga va keskin harakatlar qilishiga sabab bo'lgan.
Xalqimiz yuksak sharqona madaniyat an'analari bilan sug'orilgan bo'lib, uning matonati va go'zal sabri ushbu hodisa qarshisida ham namoyon bo'ldi. Zero, mamlakatimiz aholisining aksar qismi Islom diniga e'tiqod qiladi va bu narsa uning go'zal tarbiyasi va yuksak matonatida ham namoyon bo'ladi.
Qur'oni Karimda Baqara surasining 155-oyatida Alloh taolo: " Albatta, Biz sizlarni bir oz qo'rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber", - deya marhamat qilgan
Demak, Alloh Taolo bizlarni turli musibatlar orqali imtixon qilar ekan, bu musibatlar qarshisida sabr ila tura olsak, bu dunyo va oxiratimiz uchun ulkan manfaatlarga va go'zal oqibatlarga erishamiz.
Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta
maxsus islom ta’lim muassasasi
o’qituvchisi Mahamatxonova Muxlisa